Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Ertaga Tunisda taekvondo (WTF) bo‘yicha III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga lisenzion turnir boshlanadi

Ertaga Tunisda taekvondo (WTF) bo‘yicha III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga lisenzion turnir boshlanadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Tunisning Hammamet shahrida 6-7 aprel kunlari Argentinaning Buenos-Ayres shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi saralash musobaqalari, undan keyin esa 9-13 aprel kunlari o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari o‘tkaziladi.

“Sol Azur Beach” mehmonxonasida ushbu tadbir doirasida Butunjahon taekvondo federasiyasining XXIX Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibidan o‘rin olgan bir qator masalalar bilan birga sport turining yangi qonun-qoidalari, 2017 yil yakunlari, taekvondoni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari, joriy yilda Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari bahslarini munosib tashkil etishga doir vazifalar kelishib olindi. Assambleya ishida O‘zbekiston taekvondo (WTF) assosiasiyasi bosh kotibi Abbos Latipov ham ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga 6 aprel kuni Xammamet shahrida Argentinada bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi lisenzion musobaqa rasman start oladi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi oltin nafar sportchi bilan ishtirok etadi:

-48 kg: Ulug‘bek Rashidov

-63 kg: Jasur Jaysunov

-73 kg: Abdulaziz Hamidullayev

-49 kg: Madinabonu Mannopova

-55 kg: Ozoda Sobirjonova 

-63 kg: Feruza Sodiqova

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:59, 05.04.2018.
O'qildi: 1640 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик