Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Superliga. «Buxoro» «Paxtakor»ni taslim etdi

Superliga. «Buxoro» «Paxtakor»ni taslim etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining 5-turiga start berildi. Buxoroda bo‘lib o‘tgan "Buxoro" va "Paxtakor" o‘rtasidagi o‘yin keskin kurashlarga boy kechdi.

Ayniqsa, birinchi bo‘lim xavfli vaziyatlarga boy kechdi. Shota Arveladze shogirdlari o‘z mahoratlari evaziga raqibga nisbatan ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsalar, mezbonlar ishtiyoq evaziga g‘alaba uchun to‘p tepishdi. Uchrashuvdagi golga tortadigan ilk xavfli vaziyatni mehmonlar yaratishdi. Bahsning 8-daqiqasida Yaxshiboyev o‘ng qanotdan ajoyib uzatma bilan to‘pni Gonselveshning boshiga "qo‘ndirdi". Ismoil yaqin masofadan zarba berdi. To‘p esa Asilbek Omonovning qo‘li-boshi aralash shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi. Portugaliyalik futbolchi va Arveladze boshlarini changallab qolishdi.

Shundan keyin paxtakorchilar golga tortadigan vaziyatlar yaratishda davom etishdi. "Buxoro" futbolchilari 2ta vaziyatda darvoza naq chizig‘i ustidan to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchrashuvning 30-daqiqasida buxoroliklar hisobni ochishlari mumkin edi. Salomov aniq pas orqali jarima maydonchasida ochilgan Nasimovni to‘p bilan ta’minladi. Bahodir aniq zarba berishning uddasidan chiqa olmadi.

O‘yinning 37-daqiqasida hakam "Buxoro" darvozasi tomon penalti belgiladi. Ammo Ismoil Gonsalseshning zarbasidan keyin to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi. Birinchi bo‘lim tugashiga 2 daqiqa qolganida Baqoyev shogirdlari o‘ng qanotdan samarali hujum tashkil qilishdi. Amonov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelib, orqaroqqa uzatma berdi. Salamat Quttiboyev esa aniq zarba bilan hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin sur’ati o‘zgardi. Maydon egalari butun jamoa bo‘lib himoyalandi. Natijada toshkentliklar raqib mudofaasini yorib o‘tishga qiynalishdi. Arveladze amalga oshirgan o‘zgarishlar ham naf keltirmadi.

Shu tariqa, "Buxoro" o‘z ochkolarini 9taga yetkazib, vaqtinchalik bo‘lsa-da jadvalning 3-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. "Paxtakor" hisobida ham shuncha ochko mavjud.

O‘zbekiston superligasi, 5-tur
"BUXORO" - "PAXTAKOR" - 1:0 (1:0)
Gol: Salamat Quttiboyev (42)
"Buxoro": Omonov, Amonov, Quttiboyev, Salomov (s), Shixov, Nasimov, Filiposyan, Mullajonov, Hasanov, Ismoilov, Ruseskiy
Zaxira: Tursunboyev, B.Omonov, Klisura, Jo‘rayev, Olimov, Erkinov, Berdimurodov, Qahramonov, Ibrohimov
"Paxtakor": Suyunov, Kozak, Simich (s), A’zamov, Shorahmedov, Griffits, Ahmedov, Yaxshiboyev, Masharipov, Bezerra, Gonsalvesh
Zaxira: Lobanov, Rahmatullayev, Iskanderov, Abdurahimov, Hakimov, Tojiyev, Ibrohimov, Andreev, Sayfiyev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:53, 06.04.2018.
O'qildi: 5667 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.