Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“Lokomotiv” futbolchisi Ikrom Aliboyev diskvalifikasiya qilindi

“Lokomotiv” futbolchisi Ikrom Aliboyev diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida Superliganing bir qator uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlar o‘rganib chiqildi.

31 mart kuni Superliganing 4-turi doirasida AGMK hamda “Lokomotiv” klublari o‘zaro to‘qnash kelgandi. Mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan uchrashuvning hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarida har ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi mazkur uchrashuvni o‘rganib chiqdi. Ishni o‘rganish jarayonida uchrashuv referisi Akobirxo‘ja Shukurillayevning yozma arizasi hamda bergan ko‘rsatmalari, AGMK — “Lokomotiv” o‘yinining “Sport” telekanalidagi translyasiyasi hamda AGMK futbol klubi tomonidan PFLga taqdim etilgan uchrashuv videosidan foydalanildi. Shuningdek, PFL komissari bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan o‘z ko‘rsatmasini berdi.

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi “Lokomotiv” futbolchisi Ikrom Aliboyevni jamoasi ishtirokidagi 4 ta o‘yindan diskvalifikasiya qildi. Endilikda u “Qo‘qon-1912”, “Nasaf”, “So‘g‘diyona” va “Bunyodkor” klublariga qarshi 5-6-7-8-tur o‘yinlarida jamoasiga yordam bera olmaydi. Tajovuzkor hatti-harakati uchun AGMK bilan o‘yinning 94-daqiqasida maydondan chetlatilgan Aliboyevga, shuningdek, 10 million so‘m jarima ham solindi.

Komissiya a’zolari mazkur holat uchun faqatgina Ikrom Aliboyevning o‘zi aybdor emas degan qarorga keldi. Boisi, janjalda har ikki klub vakillari ham ishtirok etgan. Shundan kelib chiqib, qo‘mita Tartib-intizom kodeksining 2-bob 5.36 bandiga asosan AGMK va “Lokomotiv” klublarini 25 million so‘mdan jarimaga tortdi.

Ogohlantirish

O‘zbekiston Professional futbol ligasining 2018 yil 12 mart kungi 35-sonli buyrug‘iga muvofiq Superliga futbol klublari murabbiylari keng ommaning e’tiborida bo‘lishi hisobga olinib, ular o‘yindan oldin, o‘yin vaqtida va undan keyingi rasmiy marosimlarda rasmiy kiyimda (kostyum, shimda va galstuk taqqan holda) bo‘lishlarini ta’minlash belgilab qo‘yilgan hamda klublar rahbariyati bu borada yozma ravishda xabardor qilingandi.

Superliganing 4-turidan o‘rin olgan AGMK — “Lokomotiv” o‘yinida musobaqani o‘tkazish uchun mas’ul tashkilot yuqorida belgilab bergan tartibning buzilishi holati kuzatildi. Superliga klublari bosh murabbiylari yuqoridagi topshiriqni bajardi, biroq “Lokomotiv” klubi murabbiylari 3-turda mazkur topshiriqqa e’tibor qaratib, 4-turda yana o‘zi bilganicha ish tutdi.

PFL tomonidan belgilab berilgan talabning buzilishi hisobga olinib, O‘FAning Tartib-intizom kodeksining 4-bob, 5.57 bandiga asosan “Lokomotiv” futbol klubi yozma ravishda ogohlantirildi. Bunday hol qayta takrorlansa, jamoaga moddiy jarima solinadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:08, 07.04.2018.
O'qildi: 3317 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.