Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Marotta: “2020 yilda “YUventus” erasi boshlanadi”

Marotta: “2020 yilda “YUventus” erasi boshlanadi”

Baho:
+ | -

“Yuventus” bosh direktori Beppe Marotta klubning rejalari haqida gapirdi.

“Real”dan uchralgan mag‘lubiyat hech narsani o‘zgartirmaydi. “Yuventus” barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda. Bizning rejamiz — yosh va tajribali futbolchilardan iborat tarkib shakllantirish. 2020 yilda “Yuventus” erasi boshlanadi va u prezident qachon lavozimidan ketsa, o‘shanda tugaydi. Bizda ajoyib reja bor.

Chempionlar ligasida “Real” va “Barselona” yetakchi. Bizning darajamiz bilan ularning darajasi o‘rtasida farq bor. Biz har doim Yevropaning eng kuchli 8 ta jamoasi safidan o‘rin olishni niyat qilganmiz va buni uddalab kelyapmiz. Chempionlar ligasida hamma narsa qur’aga bog‘liq, bu safar omadimiz kelmadi.

Allegrining klub bilan aloqalari a’lo darajada. Biz uning kelajakdagi transfer rejalarini qo‘llab-quvvatlaymiz va tarkibni shakllantiramiz. Bizga inqilob kerak emas”, dedi Marotta.

 

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 20:11, 07.04.2018.
O'qildi: 3010 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик