Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

La-Liga: «Barselona» qiyinchiliksiz «Leganes»ni taslim etdi

La-Liga: «Barselona» qiyinchiliksiz «Leganes»ni taslim etdi

Baho:
+1 | -

Ispaniya chempionati 31-turi doirasidagi «Barselona» hamda «Leganes» o‘rtasidagi uchrashuv o‘z poyoniga yetdi. Kutilganidek mezbonlar ustunligi ostida kechgan bahsda 3:1 hisobi qayd etildi va har uchchala golga Lionel Messi mualliflik qildi.

Argentinalik futbolchi dastlab uchrashuvning 27-daqiqasida jarima zarbasini juda chiroyli tarzda ijro etib, hisobni ochgan bo‘lsa, 32-daqiqada Filippe Koutinyoning ajoyib uzatmasidan so‘ng deyarli birga-bir vaziyatdan foydalandi.

Birinchi bo‘limda boshqa gol kiritilmadi.

Ikkinchi bo‘limning o‘rtalarida kataloniyaliklar biroz xotirjamlikka berilishdi chog‘i o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishdi. Nabil el Jar hisobni qisqartirgan gol muallifi bo‘ldi.

87-daqiqada esa Leo o‘yindagi uchinchi golini kiritib xet-trigini rasmiylashtirdi.

Shu tariqa kataloniyaliklar o‘z hisoblariga yana uch ochko qo‘shib, chempionlik sari yana bir ishonchli qadam tashlashdi.

LA-LIGA. 31-TUR

BARSELONA – LEGANES 3:1 (2:0)

7 aprel, «Kamp Nou»

Gollar: 1:0 – 27 Messi, 2:0 – 32 Messi, 2:1 – 68 El-Jar, 3:1 – 87 Messi.

Barselona: ter Stegen, Vermalen, Pike, Nelson Semedu, Andre Gomesh, Serdji Roberto (Alba, 74), Koutinyo (Inyesta, 81), Rakitich, Dembele (Denis Suares, 88), Messi, Suares.

Leganes: Kuelyar, Bustinsa, Raul Garsiya, Saldua, Siovas, Eraso (Brashanas, 60), Ramos, El-Jar, Peres (Gerrero, 78), Amrabat (Bovyu, 46), Pires.

Ogohlantirishlar: Siovas (51), Pires (55), Peres (76), Koutinyo (78), Saldua (79), Alba (84).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:40, 08.04.2018.
O'qildi: 6058 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик