Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Bolalar va o‘smirlar futboli: “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari Turkiya turnirida chempion bo‘lishdi

Bolalar va o‘smirlar futboli: “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari Turkiya turnirida chempion bo‘lishdi

Baho:
+ | -

Toshkentning “Lokomotiv” hamda Qarshining “Nasaf” klubi tarbiyalanuvchilari Turkiya va Qatar davlatida tashkillashtirilgan xalqaro turnirlarda ishtirok etayotganligi haqida yozgan edik. E’tiborli jihati, har ikkala klub futbol maktablari vakillari xorij safaridan g‘olib va sovrindor bo‘lib qaytishdi.

1-8 aprel kunlari Turkiyaning Antaliya shaxrida o‘tkazilgan Side Star Cup-2018 xalqaro musobaqada ishtirok etgan “Lokomotiv” klubining ikka yosh toifasidagi vakillaridan biri – 12 yoshlilar (2006 yilda tug‘ilganlar) guruhi musobaqaning bosh sovrini bilan taqdirlanishdi. Sunnat Ro‘ziyev shogirdlari  navbatdagi uchrashuvlarda  “Vatan” (Ozarbayjon, 7:2),  “Manavgatspor” (Turkiya, 2:0) hamda “Go‘kturkspor” (Turkiya, 4:2) jamoalarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Jamoaning g‘alabalarida salmoqli hissasini qo‘shgan Raxmatullo Tillayev 10 ta goli bilan musobaqa to‘purari bo‘ldi va maxsus Kubok bilan taqdirlandi. 10 ta davlat vakillari kurash olib borgan ushbu guruhda  2-o‘rin Gruziyaning “Adjariya”,  3-o‘rin esa Suriyaning “Alosman” jamoasi tarbiyalanuvchilariga nasib etdi.

2010 yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasidagi bahslarda yosh “temiryo‘lchilar” kumush medal bilan taqdirlanishdi. Bunda bosh sovringa Ashxobodning “Oltin Toj” jamoasi sazovor bo‘ldi. Rossiyaning “Lokomotiv” klubi tarbiyalanuvchilari 3-pog‘onadan joy olishdi.

Mazkur yosh toifadagi  bolalar ichida futbolchilarimiz xam yuqori e’tirof etildi. Asadbek Abdulazizov "Eng yaxshi himoyachi, Abdulaziz Shukurov "Eng yaxshi yarim himoyachi", Ulug‘bek Qurbonov esa "Eng yaxshi xujumchi" deb topildi.

Shuningdek, o‘zidan bir yosh kattalar bilan to‘p surgan, 2011 yilda tug‘ilgan Kamoliddin Ahmadov "Musobaqa kashfiyoti" bo‘ldi.

G‘olib va sovrindor jamoa Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida ota-onalar, muxlislar va keng jamoatchilik tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Qatarning dunyoga mashhur “Aspire” futbol akademiyasi Osiyoning eng yaxshi akademiyalari tarbiyalanuvchilari ishtirokida tashkil etgan xalqaro turnirda  “Nasaf” futbol maktabining 2000,  2001-2002 hamda  2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Qarshiliklar turnirda uchinchi o‘rinlar bilan kifoyalanishdi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:31, 09.04.2018.
O'qildi: 2844 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.