Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Futbol sohasidagi go‘zal xonimlar (fotogalereya)

Futbol sohasidagi go‘zal xonimlar (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Britaniyalik teleboshlovchi Juls Brich futbol ko‘rsatuvi chog‘i katta va’da berdi: «Agar Muhammad Saloh joriy mavsum APL to‘purarlari poygasida g‘olib chiqsa, efirda «hunar» ko‘rsataman».

Qanday «hunar»? Aytish shart emas. U G‘arb madaniyatiga xos tomosha haqida so‘z ochib, avvalo, ko‘rsatuvga qiziqishni orttirishni o‘yladi, shekilli. Aslida sport reportajlari mutlaqo boshqa yo‘nalish.

Deylik, bu oldindan tayyorlangan matnni shunchaki, ravon o‘qib berish, ob-havo ma’lumotlari bilan tanishtirish yoki diktor rolini bajarish emas.

Futbol haqidagi ko‘rsatuv boshlovchisidan ko‘p narsa talab qilinadi: o‘yinni tushunish, taktik uslublardan boxabar bo‘lish, muayyan vaziyatni to‘g‘ri baholash, qoidalarni bilish... Aks holda, u millionlab muxlislar kulgusi ostida qoladi.

Shunga qaramay, oxirgi yillarda hurliqo ayollar ham hattoki, tahliliy ko‘rsatuvlarni olib borishga jazm etishyapti. To‘g‘ri, ko‘pchilik avvalo, ayol boshlovchining go‘zalligiyu, bejirim libosiga qarar, balki, ammo uning mikrofon orqali aytadigan gaplari ham katta ahamiyatga ega, baribir.

Xullas, quyidagi maqola (manba - soccer.ru sayti) Brich va u kabi futbol ko‘rsatuvlarining go‘zal ishtirokchilari haqida...

Juls BRICH (Buyuk Britaniya)

Afsonaviy Gari Lineker vaqtida ekspert sifatida antiqa va’da berib, uyalib qolgandi. Ya’ni afsonaviy sobiq hujumchi «Lester»ning chempion bo‘lishiga shubha bilan qarab, agar «tulkilar» APLda g‘olib chiqishsa, ko‘rsatuvga bitta trusada chiqishini aytgandi.

Britaniyalik nozanin jurnalist mashhur futbol namoyandasidan ibrat olgan ko‘rinadi. To‘g‘ri, uning va’dasi mazmuni biroz boshqacha. Brich xonim «Liverpul» yetakchisi Muhammad Salohning APL bosh to‘purariga atalgan sovrin sohibi bo‘lishiga ishonmayapti, chog‘i.

Ehtimol, u antiqa tomosha haqidagi va’da vositasida ko‘rsatuv reytingini oshirishni o‘ylayotgandir... Zero, misrlik futbolchi to‘p-urarlar poygasida g‘alaba qozonish uchun yetarli imkoniyatga ega. Misol uchun, terma jamoalar o‘yinlari tufayli yuzaga kelgan qisqa tanaffusdan oldin «poker»ga erishdi.

Ha, endi Juls Brich va’dasi tufayli Salohning poygada Garri Keyn va boshqalardan ustun kelishiga tarafdorlar safi ancha kengaysa kerak...

Marisol GONSALES (Meksika)

Lotin Amerikasida futbol o‘yini yoki unga bog‘liq ko‘rsatuvda nozanin ayol va qizlarni ko‘rish oddiy holat hisoblanadi. Marisol yoshligida turli go‘zallik tanlovlarida qatnashgan, hattoki, ayrimlarida g‘alaba ham qozongan.

Gonsales xonim keyinchalik jurnalistika sohasiga bosh suqib, sport ko‘rsatuvi boshlovchisiga aylandi. Ya’ni u nafaqat futbol, balki boshqa sport turlaridan ham xabardor.

E’tiborlisi, Marisol taqdirini aynan futbolchi bilan bog‘ladi. Ya’ni Meksika terma jamoasi vakili - afsonaviy Rafael Markesning adashiga ko‘ngil berib, u bilan oila qurdi. U ayni payt farzandlarini tarbiyalamoqda. Muhimi, yosh ona juda baxtiyor.

Sara KARBONERO (Ispaniya)

Jahon futboliga befarq qaramaydigan xushqomat ayol reportyorning klassik namunasi. Juls Brich antiqa va’da bergani bilan tillarga tushgan bo‘lsa, Sara jahon chempionatidek yirik turnirda, boz ustiga, kameralar oldida Iker Kasilyasga bo‘sa hadya qilgandi.

Shu tariqa u Ispaniya milliy jamoasining o‘ziga xos ilhom parisiga aylandi. Aytgancha, Karbonero xonim keyinchalik o‘z ko‘rsatuvida kimsan Joze Mourinyoni rosa «tuzladi».

Chunki portugaliyalik murabbiy uning qallig‘ini «Real»da sof zaxirachiga aylantirgandi. Chinakam ispancha munosabat... 

Keyt EBDO (Buyuk Britaniya)

Futbolda ko‘p narsani mutaxassislardek muhokama qiladigan, turli tillarda bemalol gapiradigan boshlovchi. Keyt deylik, «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi, shuningdek, Monakodagi katta sport tadbirida ishlashga ulgurdi.

U endi yozda JCH-2018dan ko‘rsatuv tayyorlash uchun Rossiyaga kelmoqchi. Darvoqe, mashhur aktyor Bill Myurrey britaniyalik jurnalist bilan uchrashganida, o‘zini tutib turolmay, unga xushomad qilgan ekan.

Demak, go‘zallar oldida «erib» ketuvchi Pele va Diyego Maradona kabi futbol yulduzlarini Ebdo xonimga uncha yaqinlashtirmaslik kerak...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:05, 10.04.2018.
O'qildi: 23459 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.