Bugun Yevropa chempionlar ligasining chorak final javob o‘yinlariga start beriladi.
Seshanba kuni Rim shahridagi "Olimpiko" stadionida muxlislar mazkur bosqichdan o‘rin olgan qiziqarli qarama-qarshilikka guvoh bo‘lishadi.
Unda Italiyaning "Roma" klubi Ispaniyaning "Barselona"sini mehmon qiladi. www.uzreport.news sayti esa mazkur uchrashuvning qisaqacha prevyusini e’tiboringizga havola etadi.
10 aprel 2018 yil. Italiya. Rim. "Olimpiko" stadioni. Chempionlar ligasi. 1/4 final bosqichi. Javob o‘yini. Birinchi o‘yin 1:4
"Roma" (Italiya) - "Barselona" (Ispaniya)
Qaysi telekanalda tomosha qilish mumkin: FUTBOL TV
Diskvalifikasiya: yo‘q
Jarohatlanganlar: Karsdorp, Perotti, Under (?) - Din ("Barselona)
Taxminiy tarkib:
"Roma": Alisson, Kolarov, Fasio, Manolas, Peres, Strootman, De Rossi, Nainggolan, El-SHaaravi, Djeko, Florensi.
"Barselona": ter Shtegen, Alba, Umtiti, Pike, Semedu, Inyesta, Rakitich, Buskets, Dembele, Suares, Messi.
Mazkur jamoalarning birinchi o‘yinidagi natijasidan so‘ng javob bahsi deyarli rasmiyatchilikka aylanib qoldi. Rimlklar "Kamp Nou"dagi o‘yindan so‘ng hakamga ko‘p e’tirozlar bildirishdi. Biroq o‘sha bahs yirik hisobda yakunlanishiga "Roma" futbolchilarining o‘zlari ham yordamlashib yuborishdi. Shu sababli ham Eusebio Di Franchesko bo‘lajak o‘yindan oldin ularni keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari ancha past ekanligi tan oldi. "Djallorossi"larni keyingi bosqichga o‘tishi hozirda mo‘jizaga teng baholanmoqda.
Italiyaliklar mazkur o‘yindan oldin Italiya A seriyasida o‘z maydonlarida "Fiorentina"ga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Eusebio shogirdlari o‘yin davomida raqib darvozasiga 25ta zarba berib birortasini golga aylantira olishmadi. Bundan esa murabbiyning jahli chiqib, shogirdlarini mashg‘ulotlarda o‘z ustida ishlamay qo‘yganlarini OAVga ma’lum qildi. Ustiga ustak, "Roma" o‘zining uy uchrashuvlaridagi anti rekordini takrorlashiga ham yana bitta o‘yin qolmoqda. Rimliklar bu mavsum "Olimpiko"da 6ta o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi. Agar ular bunday natijalar qayd etaverishsa, kelasi mavsum YECHLda qatnashishlari ham so‘roq ostida qoladi.
"Barselona" esa bu o‘yinga yaxshi kayfiyatda tashrif buyurmoqda. Ispaniya chempionatining 31-turida "Leganes"ni taslim etgan kataloniyaliklar abadiy rekord deb aytilayotgan "Real Sosyedad"ning rekordini (La Ligada qatorasiga 38ta mag‘lubiyatsiz o‘yin) takrorlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bu mazkur jamoa bir yildan beri ichki chempionatda mag‘lub bo‘lmadi degani. Yana bir necha turlardan so‘ng esa ular chempionlikni rasmiylashtirishadi. Bu "Barselona" bilan 50ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan Ernesto Valverde shogirdlarini butun e’tiborlarini Chempionlar ligasiga qaratish imkonini beradi.
Murabbiylar intervyusi:
Eusebio Di Franchesko ("Roma" bosh murabbiyi): "Barselona"ga qarshi hamma kuchlilar o‘ynaydi. Derbi haqida o‘ylashga hali erta. Bor kuchimizni ishga solishimiz va final hushtagi yangraguncha umidimizni yo‘qotmasligimiz kerak. Keling, "Barselona" ikki hafta avval qurilmaganini esdan chiqarmaylik. Bunga yillar kerak bo‘lgan. Uning asosiy kuchiga aynan shu sabab bo‘lgan deb o‘ylayman.
O‘z kuchimizga bo‘lgan ishonch bizni qo‘llab-quvvatlab turishi kerak. Guruh bosqichida "Chelsi"ni 3:0 hisobida mag‘lub etganmiz, aynan shunday hisob bizni qoniqtiradi. Biz "Barselona"ni mag‘lub etishga qodirmiz. Bu safar ham shunday hisobni qayd qilishga urinib ko‘ramiz.
Ernesto Valverde ("Barselona" bosh murabbiyi): Biz g‘alaba qozonib bo‘ldik, deb o‘ylamasligimiz kerak. Birinchi bellashuvda ajoyib natijaga erishdik, biroq xuddi hisob 0:0 bo‘lib turgandek o‘ynashimiz shart. Biz g‘alaba uchun harakat qilishimiz va boshqa hech narsa haqida o‘ylamasligimiz kerak.
Men futbolda juda ko‘p vaqtdan beri ishlab kelyapman va bu yerda kutilmagan hodisalar yuz berishi mumkin ekanini bilaman. Biz bugun kechqurun shunday voqea yuz bermasligiga erishishimiz lozim. Maydonga „Roma“ biz uchun – raqib emas, degan xayolda chiqish kerak emas. O‘ziga ishonish salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Qiziqarli ma’lumotlar:
"Roma"
- Rimliklar o‘z faoliyatida to‘rtinchi marta chorak final bosqichida qatnashishmoqda. 1ta g‘alaba 2ta mag‘lubiyat.
2007/08 "Manchester Yunayted" mag‘lubiyat 0:3 (0:2 uyda, 0:1 safarda)
2006/07 "Manchester Yunayted" mag‘lubiyat 3:8 (2:1 uyda, 1:7 safarda)
1983/84 "Dinamo" Berlin g‘alaba 4:2 (3:0 uyda, 1:2 safarda)
- "Roma"ning ispan klublariga qarshi ikkita o‘yindan iborat bo‘lgan bahslardagi statistikasi: 3 g‘alaba 4 mag‘lubiyat
- "Roma"ning Ispaniya klublariga qarshi YECHLda o‘tkazgan barcha o‘yinlari. 10ta g‘alaba, 5 durang, 16 mag‘lubiyat. O‘z maydonida: 6 g‘alaba, 2 durang, 7 mag‘lubiyat
"Barselona"
- Kataloniyaliklarning 1/4 final bosqichidagi statistikasi: 14 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat. Uchta mag‘lubiyat so‘ngi 3 yilga to‘g‘ri keladi.
- "Barselona"ning Italiya klublariga qarshi ikkita o‘yindan iborat bo‘lgan uchrashuvlardagi statistikasi: 8 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat
- Barselonaliklar A seriya klublari maydoniga 22 marta tashrif buyurishgan: 6 g‘alaba, 10 durang, 6 mag‘lubiyat.
- Kataloniyaliklar so‘ngi Italiyada bo‘lib o‘tayotgan so‘ngi 6ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olishmayapdi. 4 durang, 2 mag‘lubiyat.
Birinchi o‘yin
Ispaniya. Barselona. "Kamp Nou" stadioni. 90 106 muxlis
Hakam: Danni Makkeli (Gollandiya)
"Barselona" (Ispaniya) - "Roma" (Rim, Italiya) 4:1
Gollar: De Rossi 38 (avt.), Manolas 55 (avt.), Pike 59, L.Suares 87 - Djeko 80
"Barselona" (Ispaniya): ter Shtegen, Semedu, Alba, Pike, Umtiti, Inyesta (D.Suares 85), Buskets (Paulinyo 66), Roberto (Gomesh 83), Rakitich, L.Suares, Messi
Murabbiy: Ernesto Valverde
"Roma" (Rim, Italiya): Alisson, Kolarov, Peres, Manolas, Fasio, Florensi (El-SHaaravi 72), Pellegrini (Gonalon 60), Strootman, Perotti, De Rossi (Defrel 77), Djeko
Murabbiy: Eusebio Di Franchesko
Ogohlantirish: Kolarov 44, Strootman 86