Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Nasaf»: «Markaziy»da bugun markaziy uchrashuv

«Nasaf»: «Markaziy»da bugun markaziy uchrashuv

Baho:
+ | -

Bugun Superliga 6-turining markaziy uchrashuvi “Markaziy” stadionida bo‘ladi. Unda “Nasaf” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

O‘zbekiston Superligasi-2018. 6-tur

“Nasaf” (Qarshi) – “Lokomotiv” (Toshkent)

11.04.2018. “Markaziy” stadion. 20:00da

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (Buxoro)

Qanot hakamlari: Husniddin Shodmonov (Buxoro), Aleksandr Burov (Buxoro)

Zaxira hakami:  To‘rabek Suyunov (Guliston)

Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Laziz Qo‘chqorov

Mazkur jamoalar bugun milliy chempionatimizdagi o‘zaro 27-uchrashuvini o‘tkazishadi. Bo‘lib o‘tgan 26 uchrashuvning 13 tasida “ajdarlar” g‘alaba qozongan. 5 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Qolgan 8 uchrashuvda “temiryo‘lchilar”ning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati bo‘yicha  ustunlik “Nasaf” tomonida 37-27.

Qarshida bu jamoalar shu paytgacha 13 marta o‘zaro kuch sinashganlar. Bu uchrashuvlarning 9tasida “Nasaf” g‘alaba qozongan, 3 uchrashuvda “Lokomotiv”ning qo‘li baland kelgan, qolgan 1 uchrashuvda durangga imzo chekilgan. Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarda jami darvozalarga 41ta to‘p kiritilgan, to‘plar nisbati - 26-15ni tashkil etmoqda. Demak, to‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik qarshiliklar tomonida.

“Nasaf” o‘tgan yilgi chempionatda “Lokomotiv”ni Qarshida 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Uchrashuvdagi ikki golga ham hujumchi Dragan Cheran mualliflik qilgan. “Lokomotiv” jamoasi esa so‘nggi bor, 2016 yili Qarshidagi uchrashuvda 2:1 hisobida “Nasaf”dan ustun kelgan.

 “Nasaf”ning bu uchrashuvda g‘alaba qozonishi uchun yaxshigina imkoniyati bor. Chunki “ajdarlar” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida to‘p tepishadi. Albatta klub muxlislarining jonbozligi va qo‘llab-quvvatlashi ham juda zarur. Biz muxlislariga ishonamiz. Muxlislari bu uchrashuvda har qachongidan faol bo‘lishadi. Ular o‘zlarining 12-o‘yinchi rolini qoyilmaqom ijro etishadi.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” - “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun 11 aprel chorshanba kuni “Markaziy” stadionda soat 20:00da boshlanadi. Uchrashuv boshlanishidan avval stadionda konsert dasturi ham namoyish etiladi.

Barcha futbol ishqibozlarini markaziy uchrashuvga chorlab qolamiz.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 08:53, 11.04.2018.
O'qildi: 3026 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик