Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Bahrom Haydarov: “Oldinga intilamiz”

Bahrom Haydarov: “Oldinga intilamiz”

Baho:
+ | -

«Neftchi» - «Buxoro» (0:1) o‘yinidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov hamda futbolchi Shukur Po‘latovlar ishtirok etishdi.

Bahrom Haydarov: O‘yin bo‘yicha futbolchilarga jiddiy e’tiroz yo‘q. Biron bir  “Neftchi” futbolchisini tanqid qilmayman. Hamma yaxshi o‘ynadi. Nafaqat bu o‘yinda balki ortda qolgan barcha bahslarda jamoamizga omad yetishmayapti. Gol kiritish uchun imkoniyatlar juda ko‘p yuzaga kelmoqda. Afsus, ulardan foydalanishda oqsayapmiz. Futbolda gol urgan jamoa natija ko‘rsatadi. Harchand jamoa chiroyli o‘ynamasin, bir bosh ustun harakat qilmasin,  baribir gol urmasa hammasi qiymatsiz. O‘yin ko‘rsatdiki, bizda yaxshi jamoa bor. Saviyali futbolchilarni jamlaganmiz. Hozir o‘yin haqida chuqur fikr bildirish qiyin. Bahsni yana qayta ko‘rib chiqish kerak. “Buxoro”ni g‘alaba bilan tabriklayman.

Shukur Po‘latov:  AGMKdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng mazkur o‘yinga munosib tayyorgarlik ko‘rgandik. Bugun hamma g‘alabani istagandi. O‘yinni ko‘rdingiz, “Neftchi” maydonda borini berib o‘ynadi. Omad yetishmayapti. “Buxoro” bitta xato evaziga bizni jazoladi. O‘z ustimizda ishlashda davom etamiz.

- Bahrom aka, bugun Murod Bobojonov yana “Neftchi” safiga qaytdi. Balki unga keyingi bahslarda asosiy tarkibdan joy berilar?

- Murodjon mashg‘ulotda to‘liq ishtirok etganiga 4 kun bo‘ldi. Bunday holatda futbolchi jarohatidan tiklanib, qisqa vaqt ichida to‘liq maydonda o‘ynashga kuchi yetmaydi. Bahsda 0:0 yoki boshqa bir natija bo‘lishini istamagandik. Faqat g‘alaba uchun maydonga chiqqandik. Chunki ortda yo‘l yo‘q edi. Murod Bobojonov garchi jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmasidan turib maydonga tushirishga majbur bo‘ldik. Anvar Berdiyevning tajribasi sabab uni ham kurashga qo‘shdik. Tushuning, hujumchisiz futbol o‘ynash juda qiyin. Murod Bobojonov keyingi bahsga qadar yanada kuchga to‘lib, formaga kirib boradi deb o‘ylayman. Nafaqat murabbiylar balki muxlislar ham haqiqiy Bobojonovni ko‘rishni istashyapti. Undan umidimiz katta sanaladi.

- Ketma-ket mag‘lubiyatlar. “Neftchi”ga yana nima yetishmayapti ?

- Bizga hujum chizig‘ida mahoratli ijrochi yetishmayapti. Masalan darvoza oldigacha hammasi yaxshi davom etyapti. Biroq futboldagi eng muhimi bo‘lgan yakuniy nuqta yo‘q. Ha bizda tajribali futbolchilar ko‘p, Shukur Po‘latov, Jalil Kimsanov singari ko‘pni ko‘rgan o‘yinchilarimiz bor. Lekin yanada yaxshi saviyadagi futbolchilar yanvar yoki fevralda bo‘sh bo‘lmaydi. Bunday saviyadagi o‘yinchilar bilan kamida dekabr oyida shartnoma tuziladi. Bizdagi vaziyatdan esa xabaringiz bor. Seleksiya “Neftchi”da to‘xtagani yo‘q. Birinchi davra tugaganidan so‘ng ham bir qator kuchli o‘yinchilarni jamoaga taklif qilishni reja qilganmiz. Lekin hozir imkon darajada ochko yig‘ib, yuqoriga qarab harakat qilamiz. To‘xtab qolish yo‘q!

“Neftchi” matbuot xizmati

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 01:49, 13.04.2018.
O'qildi: 2747 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.