Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Eydur Gudyonsen: «Messi jahon chempioni bo‘lishga haqli»

Eydur Gudyonsen: «Messi jahon chempioni bo‘lishga haqli»

Baho:
+ | -

«Barselona», «Chelsi» va Islandiya terma jamoalarining sobiq hujumchisi Eydur Gudyonsen Rossiyaga tashrifi chog‘ida RT kanaliga intervyu berdi. Quyida ana shu suhbatni o‘qishingiz mumkin.

— Do‘stlaringiz, hamkasblaringiz Rossiyadagi jahon chempionati haqida qanday fikrdalar?

— Hamma turnir boshlanishini kutmoqda. Mening mamlakatim uchun bu tarixdagi ilk mundial bo‘ladi. Terma jamoamiz tayyorgarlikni bir maromda olib bormoqda. Jahon chempionati - dunyodagi eng katta sport shousidir. Uni kutmaslikning iloji yo‘q.

— Bunday yirik turnirda debyut qilayotgan Islandiya qanday muammolarga duch kelishi mumkin?

— Xayriyatki, Yevro-2016da ishtirok etib, ancha tajriba to‘plab oldik. Bu bosimni biroz pasaytiradi. Futbolchilar oldingidek asabiylashmaydilar. To‘g‘ri, Yevropa chempionati bilan jahon chempionatini taqqoslab bo‘lmaydi. Shunchaki, jamoamiz uchun qit’a birinchiligi katta tajriba maktabini o‘tab berdi.

O‘tgan davr ichida katta o‘zgarishlar kuzatilmadi. Biroz kuchaydik, desam ham bo‘ladi. Islandiya eng qiyin guruhga tushdi — Argentina, Xorvatiya va Nigeriya. Eng muhimi, argentinaliklar bilan bo‘ladigan dastlabki uchrashuvda xotirjam bo‘lish talab etiladi.

— Qaysi jamoa mundial kashfiyotiga aylanishi mumkin?

— Mazkur turnirda oldinlari jahon chempionatiga chiqmagan jamoalarni ko‘rishimiz mumkin. Bu ajoyib. Shahsan men Lionel Messini qo‘llab turaman. U jahon chempioni bo‘lishga xaqli.

Uni futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri deb hisoblayman. Argentina terma jamoasiga muxlislik qilaman. Lekin ularning birinchi o‘yinlarida emas.

— Yevro-2016da fanatlar to‘qnashuvi ham yuz bergandi. Islandiyada rossiyalik futbol bezorilaridan cho‘chishyaptimi?

— Yo‘q. Rossiyada bo‘ladigan chempionat boshlanmasidanoq meni xursand qilgan jihati bo‘ldi. Chunki Islandiya — Argentina uchrashuvi chiptalari soniya­larda sotib bo‘lindi. Kim bilan gaplashgan bo‘lsam, hech kim tartibsizliklardan cho‘chiyotganini aytmadi.

Fransiya va Rossiya o‘rtasida farq bor. Negaki, Fransiya ko‘p narsasi bilan bizga o‘xshash. Lekin mana, Rossiyaga keldim. Tashkilotchilikda hech qanday muammolarga yo‘liqmadim. Xavf­sizlikning oldini olish uchun katta ishlar qilingan. Shunday ekan, xavotirga o‘rin yo‘q.

— Islandiya JCH-2018ga diplomatik boykot e’lon qildi. Bu muxlislarga, terma jamoaga va turnirga ta’sir qilishi mumkinmi?

— Negativ jihatlarni unutib, shunchaki musobaqada qatnashish kerak. Men siyosatchi emasman. Shu bois ham bunga izoh bera olmayman.

— Argentinaga muxlislik qilishingizni aytdingiz. Kimni mundialning favoriti deb hisoblaysiz?

— Germaniya hamisha favoritlar qatorida bo‘lgan. Angliyani ham unutmaslik kerak. Albatta, Braziliyani tilga olmasak bo‘lmaydi. Ular har doim mo‘’jizalar yaratishadi.

— Rossiya termasi haqida qanday fikrdasiz? Jamoa uzoqroqqa bora oladimi?

— Hammasi turnirni qanday boshlashiga bog‘liq. So‘nggi paytlarda Rossiya terma jamoasi yaxshi natijalar bilan maqtana olmayapti. Lekin raqiblar ham shunga yarasha edi.

Rossiya o‘z maydonida o‘ynaydi. Shunday ekan, uni a’lo darajada qo‘llab turishadi. Futbolchilarga turnir mezboni bo‘lish imkoniyati tug‘ildi. Bu esa har doim ustunlikni taqdim etadi. Bunday imkoniyat bilan uzoqqa borish mumkin.

— Jahon xalqlarini birlashtirish uchun Rossiyadagi mundial qanchalik muhim?

— Odamlar jamoalarni qo‘llash, oilalari, do‘stlari bilan vaqtlarini chog‘ o‘tkazish uchun stadionlarga kelishlari kerak. Bu islandlar, afrikaliklar va boshqa xalqlar jamoa­lari to‘qnash keladigan festival.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda. 
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:16, 14.04.2018.
O'qildi: 2769 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.