“Chelsi” bugun “Sautgempton” maydonida 3:2 hisobi bilan irodali g‘alabaga erishdi. Antonio Konte shogirdlari 70 daqiqa 0:2 hisobida ortda bora turib, o‘yin yakuniga qadar uchta gol urishdi.
Gap shundaki, “ko‘klar” 2 gol ortda bora turib, 2002 yildan beri ilk marta g‘alaba qozondi. O‘shanda “Chelsi” Klaudio Ranyeri boshchiligida “Charlton”dan xuddi shu hisob bilan ustun kelgandi.