Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

La-Liga. «Barselona» markaziy uchrashuvda «Valensiya»dan ustun keldi

La-Liga. «Barselona» markaziy uchrashuvda «Valensiya»dan ustun keldi

Baho:
+ | -1

Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan markaziy “Barselona” – “Valensiya” uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida qiyin g‘alabaga erishdi.

Dastlab, o‘yinning 15-daqiqasida Luis Suares hisobni ochdi. 51-daqiqada himoyachi Samuel Yumtiti Koutinyoning burchakdan oshirib bergan to‘pini bosh bilan darvozaga yo‘llab, farqni yana bittaga oshirdi.

So‘nggi daqiqalarda o‘yin yanada qizg‘in tus oldi. Usmon Dembele o‘z jarima maydonchasida “Valensiya” futbolchisini chalib yiqitdi va natijada hakam “Barsa” darvozasiga penalti belgiladi.

11 metrlik jarima zarbasini Daniel Parexo to‘g‘ri amalga oshirib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Qolgan daqiqalarda esa boshqa to‘p kiritilmadi.

Shu tariqa, “Barselona” ketma-ket 39 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramay, shaxsiy rekordini yangiladi hamda Ispaniya chempionatida ochkolari sonini 82 taga yetkazib oldi.

La-Liga, 32-tur.

“Barselona” – “Valensiya” 2:1.

Gollar: Suares (15), Yumtiti (51) – Parexo (87, penalti).

“Barselona”: ter Stegen, Yumtiti, Pike, Alba, Paulinyo, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 90), Inyesta (Denis Suares, 84), Buskets, Koutinyo (Dembele, 79), Messi, Suares.

“Valensiya”: Neto, Garay, Gayya, Ruben Vezu, Gabriel, Soler, Parexo, Kondogbia, Gonsalu Gedesh (Pereyra, 69), Santi Mina (Vyetto, 71), Rodrigo (Zaza, 80).

Ogohlantirishlar:Pike (7), Kondogbia (12), Gabriel (75), Dembele (86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:11, 14.04.2018.
O'qildi: 6016 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.