Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Paredes Emboloning qizil kartochkasi haqida o‘z fikrini bildirdi

Paredes Emboloning qizil kartochkasi haqida o‘z fikrini bildirdi

Baho:
+1 | -

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes JCH-2026 chorak finali doirasidagi Shveysariyaga qarshi o‘yinda (3:1) hujumchi Breel Emboloning chetlatilishiga munosabat bildirdi.

Uchrashuv bosh hakami Joau Pinyeyru dastlab Embologa nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun Paredesga sariq kartochka ko‘rsatgan edi. Biroq takroriy lavhani ko‘rib chiqqandan so‘ng, hakam qarorini o‘zgartirdi: argentinalik futbolchiga berilgan ogohlantirishni bekor qilib, shveysariyalik o‘yinchiga simulyasiya uchun sariq kartochka ko‘rsatdi. Ushbu kartochka Embolo uchun o‘yindagi ikkinchisi bo‘ldi.

«Bu yerda nima haqida bahslashish mumkinligini tushunmayapman. Qoidalar aniq. Raqib o‘yinchisi simulyasiya qildi, men unga tegmadim. Qaror to‘g‘ri qabul qilindi», – dedi Paredes.

Kiritildi: 17:46, 13.07.2026.
O'qildi: 2387 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик