Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

UZREPORT 2018 yilgi Jahon chempionati translyasiya huquqini qo‘lga kiritdi

UZREPORT 2018 yilgi Jahon chempionati translyasiya huquqini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

UZREPORT Axborot Agentligi (UZREPORT TV, FUTBOL TV)  millionlab futbol muxlislariga ajoyib xushxabarni ma’lum qiladi. Agentlik  2018 yilgi Jahon chempionatini O‘zbekiston hududida eksklyuziv translyasiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil FIFA tomonidan tashkil kilinadigan eng muhim musobaqa joriy yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Rossiyaning 12ta yirik stadionlarida dunyoning saralangan 32ta terma jamoasi murosasiz bahs olib boradi va mazkur uchrashuvlar UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.

O‘yinlardan tashqari telekanallarimiz orqali o‘ziga xos Jahon chempionati kundaligi - "Highlights"lar ham efirga uzatib boriladi. Unda siz JCH-2018da bo‘lib o‘tgan o‘yinlardagi eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlarni qayta tomosha qilish, terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari haqida ma’lumotlarni, shuningdek, rekord va qiziqarli faktlardan boxabar bo‘lib borishingiz mumkin bo‘ladi.

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini tomosha qiling! Chiroyli o‘yin va o‘zingiz yoqtirgan jamoaga muxlislik qiling!

Ma’lumotnoma: UZREPORT TV telekanali avvalgi yillarda Yevropa chempionati (2016), UYEFA Superkubogi (2016, 2017), Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini (2017) jonli efirda namoyish qilib kelgan.

Bundan tashqari, bugungi kunda UZREPORT TV telekanali UYEFA Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasi, Angliya Premyer ligasi va Ispaniya chempionatini O‘zbekiston hududida translyasiya qilish huquqiga ham ega.

Manba: www.uzreport.news
Kiritildi: 23:37, 14.04.2018.
O'qildi: 8097 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.