Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Terma jamoamiz yarim finalga yetib bora oladimi? Osiyo kubogi-2019 haqida gaplashamiz

Terma jamoamiz yarim finalga yetib bora oladimi? Osiyo kubogi-2019 haqida gaplashamiz

Baho:
+ | -

Navbatdagi Osiyo chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi vaqti tobora yaqinlashmoqda. OFK rejasi bo‘yicha BAAda tashkillashtiriladigan OK-2019ga yo‘llanma olgan 24ta jamoa 4 may kuni guruhdosh raqiblari bilan tanishadi.

Bilasiz, bo‘lajak chempionat O‘zbekiston milliy jamoasi oldida turgan eng yaqin va muhim turnirdir. Xo‘sh, 4 may sanasiga belgilangan qur’a jarayoni bizga qanday raqiblarni ro‘baro‘ qilishi mumkin?

Dastavval

Uzoq 1956 yili yo‘lga qo‘yilgan Osiyo chempionati XXI asrdan e’tiboran qit’ada mutlaqo yangi maqomga ko‘tarildi. Ayni paytga kelib, Osiyo futbol forumi ulkan qit’a sportida birinchi raqamli xalqaro musobaqa ekanligi to‘laqonli isbotlangan.

OFK hisob bo‘yicha 17-Osiyo kubogi mezbonini 2015 yilning 9 mart kuni aniqlash barobarida bo‘lajak turnirda yangi formatga amal qilinishini ham tasdiqlagandi.

Xullas, mezbonlik huquqi BAAga ishonib topshirilgan va 2019 yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlariga belgilangan navbatdagi qit’a birinchiligida tarixda ilk marta 24ta jamoa ishtirok etadi.

Qur’a jarayonida 4ta jamoani o‘z ichiga olgan 6ta guruh shakllantiriladi. Reglamentga binoan kvartetlarda 1-2-o‘rinlarni egallagan jamoalar «pley-off» yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Shuningdek, 3-o‘rin sohiblarida ham 1|8 finalga chiqish imkoniyati bor.

Faqat buning uchun 2ta guruhning 3-jamoasidan yaxshiroq natija qayd etish talab etiladi. Sodda ifoda etganda, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida bo‘lgani kabi 6ta 3-o‘rin egasidan 4tasi kurashni davom ettiradi, 2tasi esa musobaqa bilan xayrlashadi.

Xullas, o‘yinlar soni - 51ta (oldin 32ta edi). Yana bir katta o‘zgarish shuki, BAA-2019da bronza medali (3-o‘rin) uchun o‘yin o‘tkazilmaydi.

Qur’adan oldin

Bugun JCH-2018 va Osiyo kubogi-2019ning qo‘shma saralash bosqichi yakunlari haqida to‘xtalmoqchi emasmiz. Faqat shuni alohida ta’kidlash kerakki, yangi tizimli kvalifikasiya jarayoni va ishtirokchilar sonining oshirilgani «kichik» jamoalarga ancha qo‘l keldi.

Xususan, Filippin, Yaman va Qirg‘iziston milliy jamoalari ilk marta qit’a chempionati final raundiga yo‘l ochdi. Demak, bo‘lajak turnirda 3ta debyut kuzatiladi. Shuningdek, 4ta jamoa uzoq tanaffusdan keyin yana Osiyo kubogi havosini tuyadigan bo‘ldi. Bular - Livan (19 yildan keyin), Turkmaniston (15 yildan keyin), Vyetnam va Tailand (12 yildan so‘ng) termalari.

Oxirgi yangilik shuki, OFK 4 aprel kuni qur’a uchun jamoalarni savatchalarga ajratish tizimiga o‘zgartirish kiritdi. Oldinroq ishtirokchi terma jamoalar 12 aprel kuni e’lon qilinadigan FIFA reytingi asosida 4ta savatchaga bo‘linishi tasdiqlangan edi.

Agar shunga amal qilinganida, O‘zbekiston termasi qur’adan oldin 3-savatchaga tushardi (jamoamizning FIFAning yangi ro‘yxatida birinchi 100talikdan tushib ketishi ehtimoli katta). Lekin avvalgi chorshanba kuni yangi qaror qabul qilindi.

Unga ko‘ra, JCH-2018 saralashining hal qiluvchi bosqichida o‘ynagan 12ta terma jamoa 1 va 2-savatchadan joy oladi, qolgan ishtirokchilar 3 va 4-savatchadan.

Shunga asosan aytsak, hozirda dastlabki 2ta savatchaga tushadigan terma jamoalar tayin: BAA (mezbon), Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O‘zbekiston, Eron, Suriya, Iroq, Xitoy.

Bu jamoalarning 1 yoki 2-savatchadan tortilishi esa aynan FIFA reytingiga bog‘liq. 3 va 4-savatcha tarkibi ham 12 aprel kuni chiqadigan ro‘yxat asosida shakllantiriladi.

Demak, bunda Hindiston, Livan, Iordaniya, Vyetnam, Falastin, Ummon, Bahrayn, Turkmaniston, Qirg‘iziston, KXDR, Filippin hamda Yaman termalarining FIFA reytingidagi mavqeiga qaraladi.

Bemalol aytish mumkin, O‘zbekiston terma jamoasining 2-savatchadan o‘rin olishi aniq. Har holda, FIFA reytingida yanada pastlashishimiz hozirdan ma’lum.

O‘z o‘rnida, bitta fakt: 2015 yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasidagi biror o‘yinda durang qayd etilmagan va ilk raund o‘ta standart darajada yakunlangan edi. Musobaqadan oldingi qur’a jarayonida dastlabki 2ta savatchadan o‘rin olgan jamoalardan esa faqat Saudiya Arabistoni termasi «pley-off»ga chiqolmagan edi.

Qur’a tashlangach...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:20, 15.04.2018.
O'qildi: 6846 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.