Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Eldor Sakayev: «Vodiy derbilari» doimo shiddatli o‘tgan»

Eldor Sakayev: «Vodiy derbilari» doimo shiddatli o‘tgan»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1/16 finali doirasidagi “Andijon” – “Navbahor” klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Andijon” bosh murabbiyi Eldor Sakayev va jamoa darvozaboni Akmal Ortiqov ishtirok etishdi.

Eldor Sakayev (“Andijon” jamoasi bosh murabbiyi): - “Vodiy derbisi” o‘yinlari jamoalar qaysi ligada ishtirok etishlari va bahs qanday musobaqaga taalluqli bo‘lishidan qat’iy nazar, doimo jangovar ruhda o‘tgan. Bunday uchrashuvlarda o‘zim ham ko‘p marotaba ishtirok etganman. Bugungi o‘yin ham bundan mustasno bo‘lmadi hamda kurashlarga boy tarzda o‘tdi. “Navbahor” yaxshi jamoa va hujumkor o‘yin namoyish etadi.

Futbol shunday sport turiki, unda yuzaga kelgan barcha vaziyatlardan foydalanib bo‘lmaydi. Aks holda, uchrashuv hisobi boshqacha tus olishi ham mumkin edi. Ammo bugun bizning omadimiz kelib, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik.

Jamoamizning joriy mavsumda va “Navbahor”ga qarshi kechgan bahsda o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormaganligida, faqatgina darvozabon va himoyachilarning emas, balki butun jamoaning munosib hissasi bor.

O‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, darvozabonimiz Oybek Ortiqov va himoyachimiz Ibrohim Otaxonov oliy ligada o‘ynashgan va katta tajribaga egalar. Demak, bu borada ularning hissalarini ham ta’kidlash joiz.

Akmal Ortiqov (“Andijon” jamoasi darvozaboni): - “Vodiy derbisi” o‘yinlariga ortiqcha ta’rif berishning hojati yo‘q. Biz mazkur uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko‘rgandik. Bu esa o‘z mevasini berib, bugungi bahsda zafar quchib, muxlislarni xursand etdik.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 13:54, 16.04.2018.
O'qildi: 2266 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.