Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

O‘zbekistonlik futbol muxlislar “El klasiko”ning rasmiy videroligida

O‘zbekistonlik futbol muxlislar “El klasiko”ning rasmiy videroligida

Baho:
+2 | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G‘ofurov Ispaniyaga tashrif buyurib, u yerda La liga bosh direktori Xavyer Gomes bilan uchrashgan edi. 

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishilib, La liga bosh direktori o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi. 

Uchrashuv oxirida 2020 yilga qadar mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga ko‘ra, La liga mutaxassislari marketing, futbolga oid turli dasturlar, klublar bilan ishlash va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha yurtimizdagi mutaxassislarga yordam beradigan bo‘lishdi. 

Shuningdek, ikki mamlakatning futbol muxlislari o‘rtasida ham yaxshi aloqalar o‘rnatilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu yilning 6 may kuni La liganing 36-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “El klasiko” bo‘lib o‘tadi. “Barselona” jamoasi “Nou Kamp” stadionida “Real Madrid”ni qabul qiladi. O‘zbekiston futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatini lisenzion translyasiya qiladigan mamlakatlar ro‘yxatidan joy olgan bo‘lib, “UZREPORT TV” telekanali La liga bahslarini jonli efirda namoyish qilib kelmoqda. 

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, La liga rahbariyati o‘zbekistonlik futbol muxlislarini “El klasiko” uchun tayyorlanadigan rasmiy videorolikka qo‘shishga qaror qildi. 

Endilikda o‘yin kuni “Kamp Nou” stadionidagi monitorda namoyish qilinadigan “El Klasiko”ning rasmiy videoroligida o‘zbekistonlik “Barselona” va “Real Madrid” muxlislari ham namoyon bo‘lishadi.

Bundan tashqari, La liganing "Feysbuk" ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida "El klasiko" butun dunyodagi muxlislar kutmoqda" degan yozuv bilan o‘zbekistonlik futbol muxlislarining rasmi joylashtirildi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:15, 16.04.2018.
O'qildi: 6986 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.