Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Navbahor» rahbariyatida o‘zgarish

«Navbahor» rahbariyatida o‘zgarish

Baho:
+ | -1

16 aprel kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohning anjumanlar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyat hokimi, Namangan viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrulla Hayitbayevich Bozarov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” futbol klubi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, Namangan viloyat futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Olimjon Botirovich Isayev, Namangan viloyat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Bahrom Xolmirzayev, “Navbahor” PFK rahbariyati, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Namangan shahar hokimi, “Navbahor” futbol klubi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov olib borib, so‘zni Namangan viloyat hokimi, Namangan viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrulla Hayitbayevich Bozarovga berdi. Xayrulla Hayitbayevich o‘z so‘zida Namangan ahli futbolga o‘zgacha mehr qo‘yganligi, “Navbahor” xalq jamoasi ekanligi, jamoada g‘alabaga bo‘lgan ruh kuchli bo‘lishi, futbolchilar ahil bo‘lishlari va bir maqsad yo‘lida birlashishlari, joriy mavsumda jamoaning oldiga ulkan maqsadlar qo‘yilganligi, “Navbahor” Yurtboshimiz va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanayotganligi, “Markaziy” o‘yingohning tomoshabinlar sig‘imini kengaytirish yoki Namanganda yana bir yangi stadion barpo etish rejasi borligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Xayrulla Bozarov mahalliy futbolchilar – jamoa sardori Dilshod Jabborov, shuningdek, darvozabon Botirali Ergashev, himoyachi Jahongir Mehmonov, yarim himoyachi Mirzohid G‘ofurovlardan yanada ishtiyoq bilan o‘ynash lozimligi, o‘z ustilarida ko‘proq ishlashlari, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni kuchaytirish kerakligi, asosiysi, xalqning nazaridan qolmaslikni uqtirdi.

Shuningdek, Xayrulla Hayitbayevich “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonovga ham jamoaning oldiga yuksak maqsadlar qo‘yilganligi va unga bu borada ishonch bildirilganligi, bundan buyon o‘z ishiga yanada mas’uliyat bilan yondoshishi lozimligini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, tashkiliy masala ko‘rildi. Shu kungacha “Navbahor” direktori lavozimida faoliyat yuritgan Akramjon Dedabayev o‘rniga Baxtiyor Meliyevich Boboyev tayinlandi. Xayrulla Bozarov “Bunyodkor” jamoasini 5 marta chempion bo‘lishida Baxtiyor Boboyevning munosib hissasi borligini ta’kidlab, “Navbahor”ning ham bu yil chempion bo‘lishida unga omad yor bo‘lishini tiladi.

Shundan so‘ng, Baxtiyor Meliyevich so‘zga chiqib, Xayrulla Bozarovga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirib, jamoaning oldiga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishini ta’kidladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:47, 16.04.2018.
O'qildi: 6007 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.