Kirish Ro'yxatdan o'tish

Superliganing 7-turidan boshlab har turda stadionlarga tashrif buyurgan eng faol muxlislarga O‘FA tomonidan bepul to‘plar taqdim qilinadi

Superliganing 7-turidan boshlab har turda stadionlarga tashrif buyurgan eng faol muxlislarga O‘FA tomonidan bepul to‘plar taqdim qilinadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasi tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish, milliy chempionatimiz saviyasini oshirib, stadionlarga muxlislarni yanada ko‘proq jalb qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, milliy chempionatimiz bahslarini tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyurayotgan muxlislarni xursand qilish, ayniqsa, yosh bolakaylarda futbolga bo‘lgan mehrni yanada oshirish maqsadida, turli aksiyalar, tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Ushbu maqsadda stadionlarda turli attraksionlar, ovqatlanish shahobchalari, futbolga oid esdalik sovg‘alar, sport liboslari sotiladigan do‘konlar barpo qilinadi. 

Shuningdek, Superliganing 7-turidan boshlab har turda uchrashuvlarni tomosha qilish uchun stadionga kelgan eng faol muxlislarga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan Superliga klublari futbolchilarining imzosi tushirilgan bepul to‘plar taqdim qilib boriladi. 

Muxlislar ushbu to‘plarni klubning mashhur futbolchilaridan qabul qilib olib, ular bilan birga suratga tushish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. 

Superliga bahslarini tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyuring, o‘z sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang va ajoyib futbol to‘plariga ega bo‘ling!

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 19:38, 16.04.2018.
O'qildi: 2085 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.