Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Ravshan Haydarov: «Toshkentdagi yig‘in foydali va samarali bo‘ldi»

Ravshan Haydarov: «Toshkentdagi yig‘in foydali va samarali bo‘ldi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov terma jamoaga nomzod bo‘lgan futbolchilar ishtirokida Toshkentda yig‘in o‘tkazgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Yig‘in doirasida O‘zbekisiton OTJ “Lokomotiv” klubi o‘rinbosarlariga qarshi bitta nazorat uchrashuvi o‘tkazib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov mazkur yig‘ini foydali va samarali bo‘lganini aytib o‘tdi.

“Toshkentdagi yig‘inga 1997 yil va undan keyin tavallud topgan futbolchilarni jalb qildik. Asosiy maqsad O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga yangi nomzodlarni saralab olish. Xitoydagi Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan futbolchilarning imkoniyatlarini yaxshi bilganimiz uchun ularni ushbu yig‘inga jalb qilmadik.

Oldimizga 2020 yil Tokioda bo‘ladigan Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan. Mazkur vazifani uddalash uchun ko‘p mehnat qilishimiz zarur. O‘z o‘rnida bizga mana shunday yig‘inlar tashkilib qilib, barcha sharoitlarni yaratib berayotgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘tmoqchiman.

Bunday yig‘inlar juda foydali va samarali. Yig‘inga nafaqat Superliga, balki Pro-liga jamoalaridan ham futbolchilar jalb qildik. O‘quv-mashg‘ulotlari davomida o‘zimiz uchun yangi futbolchilarni kashf qildik. Pro-ligada ham ajoyib futbolchilar bor. Hozirdan shuni aytishim mumkinki, Pro-ligada to‘p surayotgan bir-ikki nafar futbolchida asosiy tarkibga kirish uchun yaxshigina imkoniyat bor.

Yangi futbolchilar qancha ko‘p bo‘lsa, raqobat kuchayadi. Bu esa barcha futbolchilarga o‘z ustilarida tinmay ishlab borish uchun motivasiya beradi.

Futbolchilarning jismoniy holatini sinovdan o‘tkazish maqsadida, O‘FA Ilmiy-texnik guruhi xodimlari bilan hamkorlikda test-sinovlari o‘tkazdik. Testlar natijalarini qoniqarli deb aytish mumkin. Olimpiya terma jamoasi uchun nomzod futbolchilar uchun maxsus jismoniy yuklamalar ishlab chiqildi va ular to‘p surayotgan jamoalar murabbiylariga taqdim qilindi. Biz terma jamoaga nomzod futbolchilarning jismoniy holatini doimo nazorat qilib boramiz.

Yig‘in davomida “Lokomotiv” o‘rinbosarlariga uchrashuv o‘tkazildi. O‘yin davomida futbolchilarning maydonda fikrlash qobiliyati, texnik-taktik imkoniyatlarin ko‘zdan kechirdik, kamchiliklarni tahlil qilib, tegishli ko‘rsatmalar berdik.

Bunday yig‘inlar yil davomida yana o‘tkaziladi. Olimpiya terma jamoasi shu tarzda shakllantirib boriladi. 2020 yil Tokioda bo‘ladigan Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, xalqimiz, muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ladi, degan umiddamiz”, - deydi Ravshan Haydarov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:27, 17.04.2018.
O'qildi: 2492 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик