Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

"Lokomotiv" ham OCHLni tark etdi

"Lokomotiv" ham OCHLni tark etdi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasining "V" guruhida "Lokomotiv" o‘z maydonida Eronning "Zob Ohan" klubini qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, "temiryo‘lchilar" pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bugun faqat g‘alaba qozonishi shart edi.

Uchrashuv shiddatli yomg‘ir ostida boshlandi, "Lokomotiv" ilk daqiqalardan xavfli hujumlar tashkil etgan bo‘lsada, raqib darvozasini nishonga ola bilmadilar.

25-daqiqada mehmonlar futbolchisi Murtazo Tabriziy hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda, aniqrog‘i 74-daqiqada "Loko" gl urgan edi, ammo qanot hakami Sardor Rashidovni o‘yindan tashqari holatda deb baholadi.

90-daqiqada Islom To‘xtaxo‘jayev arima maydonchasi ichida sherigidan to‘pni qabul qilib oldi va zarba berdi, to‘p darvozabon ustidan oshib darvozadan joy oldi - 1:1.

Afsuski bu durang vakillarmizning keyingi bosqichga chiqishi uchun kamlik qildi. Eron jamoasini durang ham qoniqtirar edi, ular bunga erishdilar.

Shu tariqa mamlakatimizning ikkinchi jamoasi ham Osiyoning klublar darajasida eng nufuzli musobaqasini tark etdi.


OCHL, "V" guruhi, 6-tur.
17 aprel. soat 19:00. "Lokomotiv" stadioni
"LOKOMOTIV" - "ZOB OHAN" 1:1 (0:1)
Gol: Murtazo Tabriziy (25) - Islom To‘xtaxo‘jayev (90).
"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 6.Nivaldo (Husniddin G‘ofurov 80), 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov, 27.Sardor Rashidov, 28.SHuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteev (Diyor Turopov 66), 88.Igor Yelich
Zaxira: 12. Ma’mur Ikromov, 4. Bobur Yo‘ldoshov, 8. Sherzod Karimov, 19. Husniddin G‘ofurov, 23. Idris Bikmaykin, 77. Diyor Turopov, 99. Cho Suk Je.
"Zob Ohan": 12.Muhammad Rashid Mazaheriy, 2.Muhammad Najod Mahdiy, 3.Vohid Muhammadzoda, 5.Giorgi Gvelesiani, 6.Xolid Shofeiy, 7.Sayid Muhammadrizo Hussayniy, 11.Murtazo Tabriziy (Baxtiyor Rahmoniy 70), Muhammad Sattoriy, 34.Milod Faxriddiniy, 88.Hamid Buhamdan, 99.Kiros

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:53, 17.04.2018.
O'qildi: 10035 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик