Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

Vohada texnik direktor lavozimida ish boshlagan Kiko Zuniga bilan O‘FAda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Vohada texnik direktor lavozimida ish boshlagan Kiko Zuniga bilan O‘FAda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FAda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda PFL rahbari Omon G‘ofurov va futbolni rivojlantirish boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.

O‘FAning Kiko Zunigani O‘zbekistonga olib kelishidan asosiy maqsad, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax shaharlaridagi mavjud imkoniyatdan foydalanish, murabbiylar malakasini oshirish, bolalar o‘rtasida tizimli musobaqalarni yo‘lga qo‘yishdir.

Ko‘p yillar davomida "Real Sosyedad" sharafini himoya qilgan Ispaniya Kubogi sohibi "Atletiko" va "Real" Madrid akademiyalarida faoliyat yuritgan.

Omon G‘ofurov O‘FA va PFLning istiqbolli rejasi bilan tanishtirib chiqar ekan, Kiko Zunigadan chekka-chekka qishloqlarda ham futbolni markazlarda bo‘lgani kabi yuqori sifatdagi bilimlarni berishimiz kerakligini takidlab o‘tdi.

Bundan avval ham O‘zbekistonda bo‘lgan mutaxassis O‘zbekistonda iste’dod egalarining ko‘pligini takidlab o‘tdi. Faqat ular bilan ishlash lozimligi, buning uchun avval o‘ziga biriktirilgan viloyatlar bilan yaxshilab tanishib chiqishi kerakligini aytdi.

"Men avvalo hududlarni o‘rganib chiqishim kerak. Bolalarni futbolga talpinayotganliklarini ko‘rib turibman. O‘zbekistonga shunchaki ishlagani kelmadim. Agar terma jamoangiz Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, men ham shu loyihada ishtirok etgan kishi sifatida ishimdan qanoat xosil qilgan bo‘laman. Aks holda o‘z ishimni qoniqarsiz baholayman. Vohada ishga kirishdim. Biroz vaqt o‘tgach o‘z dasturimni amalga oshirishga kirishaman", - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Kiko Zuniga nafaqat bolalar futboli bilan, balki o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarining bosh murabbiylariga hududdagi seleksioner murabbiy sifatida ham o‘z yordamini beradi va O‘FA tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv seminarlarida o‘z dasturlari bilan chiqish qilib boradi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 09:08, 18.04.2018.
O'qildi: 2688 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.