Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Futbolchilar orasidagi soliq «jinoyatchi»lari (yulduzli fotogalereya)

Futbolchilar orasidagi soliq «jinoyatchi»lari (yulduzli fotogalereya)

Baho:
+ | -

Karlos Teves yaqinda akasini ko‘rgani qamoqxonaga bordi va u yerda futbol o‘ynab, jarohat orttirdi.

To‘g‘ri, faxriy hujumchining o‘zi buni inkor etib, maxsus bayonot berdi. Lekin... Yo‘q, quyidagi maqola argentinalik futbolchiga daxldor emas. Faqat bitta o‘xshashlik bor - qamoqxona.

Qisqasi, soccer.ru sayti bu safar soliq to‘lovlariga bog‘liq jinoyatlari tufayli panjara ortiga tushish xavfiga duch kelishgan taniqli futbolchilardan o‘ziga xos ramziy terma jamoa tuzib chiqdi.

Darvozabon - Iker KASILYAS («Portu»)

Futbol masalasida soliq jinoyatlari vatani - Ispaniya. Bu boradagi eng ashaddiy jinoyatchilar aynan ispan zaminida o‘ynab, qonun bo‘yicha hukumat g‘aznasiga tushishi lozim mablag‘ni o‘zlashtirishga odatlanishgan.

Xususan, tarbiyali Iker Kasilyas ham 4 yil oldin Lionel Messi va La-ligadagi yana 6 nafar futbolchi qatori shubha ostiga olindi. E’tiborlisi, «Real»ning sobiq golkiperi ayblov rasman e’lon qilinishidan oldin Ispaniya g‘aznasiga 2 million yevro «to‘kib», ortiqcha mashmashalardan qutulib qolgandi.

Himoyachi - MARSELO («Real»)

Braziliyalik chap qanot himoyachisi 2013 yili qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsada, sud muhokamalari o‘tgan kuzgacha cho‘zildi. Aslida «elit aybdorlar» oldida Marselo arzimas xato qilib qo‘ygan o‘yinqaroq boladek.

Unga real qamoq jazosi xavf solgani ham yo‘q, qolaversa, uzoq kutilgan sud majlisi atigi 10 daqiqa davom etdi. Chunki Marselo o‘z aybiga to‘la iqror bo‘lib, 500 ming yevro miqdorida jarima to‘lashga ko‘ndi.

Himoyachi - Xavyer MASKERANO («Xebey Forchun»)

Argentinalik futbolchi soliq majburiyatlarini mensimaslikni hamyurti Lionel Messidan o‘rgangan bo‘lsa kerak. Har holda, ko‘pchilik Maskeranoni o‘ta jiddiy va mas’uliyatli yigit o‘rnida ko‘radi.

Biroq fakt shuki, u shaxsiy imidjidan foydalanish huquqi sotuvidan tushgan daromadning bir qismini deklarasiya qilmagani uchun sudlangan. 6 oy davom etgan muhokamalardan keyin futbolchi 1 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu holatda Xavyerga Ispaniya qonunchiligidagi bitta yengillik qo‘l keldi.

Unga ko‘ra, oldin sudlanmagan jinoyatchiga 24 oydan kam muddat berilsa, jazo shartli hisoblanadi. Xullas, Maskerano shu banddan foydalanib, panjara ortiga yo‘l olishdan qutuldi: shunchaki, «yashiringan» 1,6 million yevroliksoliq to‘lovini 50 foiz ko‘paytirib berdi. Ya’ni 2,9 million yevro evaziga ozodlikda qoldi.

Jerar PIKE («Barselona»)

Ispaniya soliq xizmati 2015 yili «Barsenola» himoyachisini «siquv»ga oldi. Aniqrog‘i, u 2,5 million yevrolik to‘lovni «yashirgan»likda ayblandi. Biroq Pike anoyi emasligini ko‘rsatib, sudga qarama-qarshi shikoyat yozdi va agar qarzdor bo‘lsa, so‘zsiz, to‘lab qo‘yishini bildirdi.

To‘g‘ri, ish jiddiy muhokamalargacha yetib bormadi - ko‘p o‘tmay, tomonlar o‘zaro uchrashib, kelishib olishdi. Tushunish kerakki, Ispaniya soliqchilari serdaromad yulduzlarni bejiz ta’qib ostiga olavermaydilar. Zero, bu hukumat g‘aznasini to‘ldirishning qulay yo‘li hisoblanadi.

Umuman, Pike o‘zini oqlagan bo‘lsada, uning oilasida soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlash «tajriba»si bor: joriy yil boshida mamlakat prokuraturasi bu masalada futbolchining turmush o‘rtog‘i - Shakirani ham bezovta qildi. Mashhur xonanda avvaliga barcha ayblovlarni qat’iy inkor etdi, ammo yakunda Ispaniya g‘aznasiga naq 20 million yevro «to‘kish»dan o‘zga chora topolmadi.

Himoyachi - Serxio RAMOS («Real»)

Bu futbolchi maydonda zo‘r, uning tashqarisida namunali fuqaro. Biroq Ramosga kimdir soliq to‘lovlaridan «qochish» bo‘yicha noma’qul reja tuzib bergan bo‘lsa kerak. Xullas, «Real» sardori imidj huquqlari sotuvidan tushadigan daromadni yashirish maqsadida Virgin orollarida birdaniga 3ta offshor kompaniya ochdi - Ramasa, Sergiasa va Campeones.

Biroq uning moliyaviy maslahatchilari hisob-kitoblari xato bo‘lib chiqdi. Oddiy aytsak, ushbu kompaniyalarning boshqaruv tizimidagi chalkash mexanizm oqibatida Serxio mablag‘ tejash o‘rniga soliq to‘lovlari summasiga nisbatan ikki hissa ko‘proq yo‘qotdi - 7,3 million yevro.

Yarim himoyachi - Xabi ALONSO (faoliyatini yakunladi)

Sobiq futbolchi yaqindagina shubha ostiga olindi va ayni payt uning ishi o‘rganib chiqilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Alonsoga 5 yillik qamoq jazosi va 8 million yevro miqdorida jarima xavf solmoqda.

Ayblovga ko‘ra, yarim himoyada zo‘r o‘ynagan baskoniyalik faoliyati davomida 3ta holat bo‘yicha jiddiy qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan. Ulardan eng asosiysi - imidj huquqlarini nazorat qilish uchun Madeyrada soxta firma tuzgani. To‘g‘ri, Xabi hozircha aybni tan olgani yo‘q.

Yarim himoyachi - Luka MODRICH («Real»)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 02:10, 21.04.2018.
O'qildi: 7223 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик