Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" o‘yini oldidan

"Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" o‘yini oldidan

Baho:
+ | -

Bugun poytaxtimizdagi “Lokomotiv” stadionida “temiryo‘lchilar” jamoasi Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qiladi.

Ta’kidlash joizki, mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari hamisha qiziqarli va tomoshabop tarzda kechib keladi. “Loko” “So‘g‘diyona”ga qarshi ilk uchrashuvini 2004 yilda o‘tkazgan. O‘shanda JAR stadionida kechgan bellashuvda “temiryo‘lchilar” jamoasi 3:0 hisobida zafar quchishgan. O‘zi aslida mazkur ikki klub milliy chempionatlarimiz tarixida shu paytgacha jami 20ta o‘yin o‘tkazishgan. O‘zaro bellashuvlarning 15tasida “qizil-yashillar” jamoasi g‘alaba qozongan. Jizzaxliklar esa faqat 2 bor zafar quchishgan. Yana 3ta o‘yin durang bilan yakunlangan.

“Loko” futbolchilari ushbu raqib darvozasini umumiy hisobda 52 marta ishg‘ol etishgan va o‘z darvozamizdan 11ta gol o‘tkazib yuborganmiz. “Lokomotiv”ning “So‘g‘diyona” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 7:0ni tashkil etadi.

Yana bir diqqatga sazovor jihat shundan iboratki, “Lokomotiv” bugungi raqibiga so‘nggi marta 2008 yilda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. O‘shandan buyon “Loko” hech bir o‘yinda “So‘g‘diyona”ga imkoniyatni boy bermay kelmoqda.

 

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 09:22, 21.04.2018.
O'qildi: 1944 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик