Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superligani 10-turida stadionlarda haqiqiy futbol bayrami bo‘ladi

Superligani 10-turida stadionlarda haqiqiy futbol bayrami bo‘ladi

Baho:
+ | -

Superliga uchrashuvlari tobora qizg‘in tus olmoqda. Jamoalar har bir o‘yinda g‘alaba uchun astoyidil kurashishmoqda, bu esa uchrashuvlarni tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyurayotgan muxlislarga ham katta zavq bag‘ishlayapti.

O‘z o‘rnida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Professional futbol ligasi rahbariyati stadionlarga yanada ko‘proq futbol muxlislarini jalb qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

Superliganing 10-turi o‘ziga xos kichik yubiley tur hisoblanadi. Mana shu turda stadionlarda haqiqiy futbol bayrami tashkil qilish, muxlislarga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish maqsadida bir qator qiziqarli yangiliklar yo‘lga qo‘yiladi.

Jumladan, 10-turda o‘yinlar bo‘lib o‘tadigan 6ta stadionning har birida o‘yinni tomosha qilish uchun kelgan muxlislarga Superliga titul homiysi “PEPSI” kompaniyasi tomonidan bepul salqin ichimliklar tarqatiladi.

10-tur o‘yinlari oldidan stadionlarda estradamiz yulduzlari ishtirokida qiziqarli shou-dasturlar namoyish qilinadi.

Shuningdek, stadionlarga oilaviy tashrif buyuradigan muxlislar va jajji bolakaylar uchun bir qator qiziqarli attraksionlar, turli sovrinli o‘yinlar tashkil qilinadi. Stadionlarda velosiped va roliklar ijarasi yo‘lga qo‘yilib, o‘yin boshlangunga qadar muxlislar ulardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan 10-turning har bir o‘yiniga 2 mingtadan chiptalar bepul muxlislarga tarqatiladi.

Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga kelgan muxlislar shu kuni mazza qilib hordiq chiqarishlari, vaqtlari chog‘ o‘tkazib, qiziqarli kurashlarga boy chempionat o‘yinlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyuring va o‘zingizni sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang!

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 15:17, 21.04.2018.
O'qildi: 3893 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.