Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 20:00 Fransiya 2-3 Argentina
04/10 21:30 Napoli - Komo
04/10 23:45 Verona - Venetsiya
05/10 00:00 Leganes - Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal

Umid Ahmadjonov: «Superliganing yubiley 10-turida har bir stadionda muxlislarni supersovg‘a — Iphone 8 kutmoqda»

Umid Ahmadjonov: «Superliganing yubiley 10-turida har bir stadionda muxlislarni supersovg‘a — Iphone 8 kutmoqda»

Baho:
+ | -

Superliga 10-turida stadionlarda haqiqiy futbol bayramlari tashkil etilishi haqida avval xabar berib o‘tgandik. O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov o‘ziga xos yubiley turda stadionlarga tashrif buyuradigan muxlislarni yana bir supersovg‘a kutayotgani haqida aytib o‘tdi.

“Superliga o‘z nomiga mos ravishda super musobaqaga aylanib bormoqda. Avvalgi yillarga o‘xshab endi favorit sifatida e’tirof etiladigan jamoalar osonlik bilan ochkolarni qo‘lga kiritishmayapti. Jamoalar uchrashuvlarda ajoyib iroda, shijoat va shiddat namoyish qilishyapti. Buni  hisobda ortda borayotgan jamoalarning qahramonlik ko‘rsatib, yakunda g‘alaba qozonayotgani, o‘yinning so‘nggi daqiqalarigacha ayovsiz kurash kechib, g‘alaba gollari hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritilayotganidan ham ko‘rsa bo‘ladi.

Superliganing 10-turida stadionlarda haqiqiy futbol bayrami tashkil qilinadi. Superliga titul homiysi “PEPSI”kompaniyasining sovg‘alaridan tashqari O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ham muxlislarga o‘ziga xos supersovg‘a taqdim qilishga qaror qildi.

Superligaga 10-turidan o‘rin olgan o‘yinlar yakuniga yetganidan so‘ng 6ta stadionning har birida o‘ziga xos lotoreya tashkil qilinadi. Lotoreyada omadi kelgan ikki nafardan muxlisga Iphone 8 smartfoni taqdim qilinadi.

Futbol muxlislar uchun. Stadionga qancha ko‘p muxlis tashrif buyursa, o‘yinlar ham shunga yarasha shiddatli va murosasiz kechadi”, - deydi Umid Ahmadjonov. 

Demak, Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyuring, o‘zingizni sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang va supersovg‘alarga ega bo‘ling!

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:48, 21.04.2018.
O'qildi: 3028 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.