Shotlandiyaning "Seltik" klubi bosh murabbiyi Brendan Rodjers o‘zining "Arsenal"ni boshqarish uchun nomzodalrdan biri ekani haqida xabarlarga izoh berdi
"Mish-mishlar ko‘p. Mening shartnomam yana uch yil amalda bo‘ladi va men bu yerda baxtiyorman.
Arsenning "Arsenal"dan ketishi ko‘p mishmishlarning tug‘ilishiga sabab bo‘ldi, turli nomlar tilga olinyapti. Ammo "Seltik" bilan kelishuvim amalda. Men 45 yoshdaman, balki ulug‘roq ko‘rinarman, ammo yoshim 45 da. Klubdagi ishimdan zavq olyapman.
"Arsenal" - fantasik klub, o‘z qadriyati va an’analari bilan "Seltik"ka o‘xshash. Buni inkor qilolmaysiz. Bu fantastik klub, ammo mening e’tiborim "Seltik"ka qaratilgan", - deydi Rodjers.