Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Sabina Tashkenbayeva o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi

Sabina Tashkenbayeva o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, badiiy gimnastikachimiz Sabina Tashkenbayeva bugun Jahon kubogi bosqichida kumush medal sohibasiga aylandi.

Ushbu kumush medal O‘zbekiston uchun gimnastika bo‘yicha Jahon kuboklari tarixidagi birinchisi hisoblanadi.

Badiiy gimnastikada shunday an’ana bor. Terma jamoaning birinchi raqamli sportchisi musobaqalarda o‘z yurti sharafini himoya qilayotganida unga asta-sekin o‘rinbosar tayyorlab boriladi. Ulyana Trofimova misolida ko‘radigan bo‘lsak, navoiylik sportchi o‘z vaqtida ko‘plab xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. O‘sha vaqtlarda Anastasiya Serdyukova unga o‘rinbosar sifatida tayyorlab kelingan edi. Trofimova sportchilik faoliyatini yakunlagach, Serdyukova yuqori natijalarga erishishi uchun ma’lum vaqt talab etildi. Anastasiya Osiyo o‘yinlari, Islom birdamlik o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Rioda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida qatnashishga ham muvaffaq bo‘ldi. O‘z navbatida O‘zbekiston gimnastika federasiyasi Serdyukovaga zaxira sifatida Sabina Tashkenbayevani tayyorlab borardi. 2017 yilgi mavsum yakuniga yetgach, Anastasiya Serdyukova professional sportchilik faoliyatini yakunladi. Shundan so‘ng mana, Sabina Tashkenbayeva katta sahnaga chiqdi. U muxlislarini uzoq kuttirib qo‘ygani yo‘q va Jahon kubogi bahslarida kumush medal sohibasiga aylandi. E’tiborlisi, bu O‘zbekiston gimnastikasi tarixida Jahon kuboklarida qo‘lga kiritilgan birinchi kumush medaldir. Sabinaning bunday natijalari ko‘plab xalqaro mutaxassislarning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Bunda uning murabbiylari Liliya Vlasova hamda Nasiba Abdullayevalarning hissasi katta. Shuningdek, O‘zbekiston gimnastika federasiyasining ham xizmatlari ta’kidlab o‘tish lozim. Sabina Tashkenbayevaning natijasi o‘zbek sporti tarixiga kirdi.

Endi u Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘radi. Hozirgi kunda Jakartadagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan uch nafar badiiy gimnastikachimizdan ikkisining nomi aniq bo‘lib ulgurgan. Ular Sabina Tashkenbayeva va Nurinisso Usmonovadir. Uchinchi ishtirokchi kim bo‘lishi esa ayni paytda gimnastika federasiyasi, mutaxassis va murabbiylar tomonidan aniqlanmoqda. Umid qilamizki, Sabina endi Osiyo o‘yinlarida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, medallarga sazovor bo‘ladi. O‘zbekistonlik sport muxlislarini Sabina Tashkenbayevaning ushbu yuksak natijasi bilan muborakbod etamiz va keyingi musobaqalarda undan oltin medal ham kutib qolamiz.

Shuni qayd etib o‘tish lozimki, Sabina Tashkenbayevaning bunday yuksak natijalarga erishishi zamirida katta mehnat yotibdi. Qolaversa, davlatimiz rahbarining sport sohasida olib borayotgan keng ko‘lamdagi islohotlari, Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan yuritilayotgan siyosat ana shunday muvaffaqiyatlarga poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:36, 22.04.2018.
O'qildi: 4326 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.