“Feyenoord” klubi hujumchisi Robin van Persi Gollandiyada ilk marta sovrin sohibiga aylandi.
Bugun “Feyenoord” mamlakat kubogida “AZ” ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi. Van Persi jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Van Persi “Feyenoord” tarkibidi shu yilning yanvar oyidan beri faoliyat olib bormoqda.