Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

«Inter» sport direktori Bastonining «Barselona»ga o‘tishi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

«Inter» sport direktori Bastonining «Barselona»ga o‘tishi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi sport direktori Pyero Auzilio markaziy himoyachi Alessandro Bastonining kelajagi borasidagi savolga javob berdi. 27 yoshli futbolchining «Barselona»ga o‘tishi haqidagi xabarlar bir necha oydan beri tinmayapti. Mish-mishlarga ko‘ra, o‘yinchi hatto transferga rozilik berib bo‘lgan.

«Bastonining transferi bo‘yicha bizga birorta ham qo‘ng‘iroq bo‘lgani yo‘q va biz, albatta, hech qanday muzokaralarni o‘zimiz boshlamaymiz. Bastoni «Inter» va Italiya uchun juda katta qiymatga ega, u aql bovar qilmas darajada kuchli futbolchi. Biz uni jamoada olib qolmoqchimiz», — deya Auzilioning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Inter Xtra.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni «Inter» A Seriyaning 35-turi doirasida «Parma»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 08:17, 04.05.2026.
O'qildi: 3199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик