Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong 1-5 Tailand
20/09 15:00 KXDR 0-0 BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya 7-0 Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

Olim Tolibjonov Pro-liga o‘yinlaridan chetlashtirildi

Olim Tolibjonov Pro-liga o‘yinlaridan chetlashtirildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda O‘zbekiston professional futbol ligasi hamkorligida olib borayotgan islohotlar zamirida futbolning ommaviyligi va tomoshabopligini oshirish, stadionlarga muxlislar tashrifini orttirish, futbolning shaffofligini ta’minlash kabi jihatlar yotganligi sir emas.

Buning uchun birinchi galda qiladigan ishlar qatorida hakamlar saviyasini takomillashtirish, ularning o‘yinlarni halol va haqqoniy boshqarishini ta’minlash  uchun sharoitlar yaratib berish talab etilardi.

O‘FA va PFL qisqa vaqt ichida buni amalga oshirdi. Shunga qaramay hamon o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshmayotganlar paydo bo‘layotganligi bor gap.  O‘tgan shu davr oralig‘ida bir qator hakamlar yo‘l qo‘ygan xatolari uchun jazolanishdi. Shunda ham to‘g‘ri xulosa chiqarmayotganlar topilmoqda.

Olim Tolibjonov o‘tgan mavsumda “Sho‘rtan” – “Navbahor” uchrashuvini boshqarib, yakunda nazoratchi Alisher Abdullayev tomonidan qoniqarsiz (4,0) baho olgan edi.  Hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasi qaroriga binoan O‘zbekiston chempionati, birinchiligi va O‘zbekiston Kubogi o‘yinlari doirasidagi 10 ta o‘yinga chetlatilgandi.

Yangi mavsumdan faoliyatini davom ettirayotgan Olim Tolibjonov Pro-liganing 3-tur doirasida “G‘ijduvon” – “Iftixor” uchrashuvini boshqardi. Afsuski, uning maydondagi xatti-harakatlari uchrashuv nazoratchi hakami Shamil Jumayev tomonidan yana 2 ballga (“4”) baholandi.

O‘yin nazoratchi hakamining bildirgisiga binoan  Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi ushbu masalani o‘rganib chiqdi va “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi”ga binoan qaror chiqardi. Unga ko‘ra, Olimjon Tolibjonov noma’lum muddatga Pro-liga o‘yinlaridan chetlashtirildi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:48, 23.04.2018.
O'qildi: 6254 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик