Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

OFK akkreditasiyalash masalasiga bag‘ishlangan majlisda O‘zPFL vakili ishtirok etdi

OFK akkreditasiyalash masalasiga bag‘ishlangan majlisda O‘zPFL vakili ishtirok etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Futbol Konfederasiyasi futbol assosiasiyalari bilan hamkorlikda akkreditasiya tizimini yangilashga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu majlisda akkreditasiya tizimini rivojlantirish, OFK mamlakatlari musobaqalar tizimini yaxshilash va OFK mamlakatlari musobaqalari uchun yagona akkreditasiya tizimi joriy etish kabi masalalar ko‘rildi. Ta’kidlash lozim, ushbu majlisda O‘zPFL matbuot xizmati vakili Sherzod Rajabov ishtirok etdi va majlis ishtirokchilariga futbol bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati bahslarida bu tizim qanday ishlayotgani va akkreditasiyalash masalasi bo‘yicha yangi loyiha va islohotlar borasida ma’lumot berdi. O‘zbekiston vakili, shuningdek, OFK bilan akkreditasiya masalalarida O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi hamda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi hamkorlik qilishga tayyor ekanini aytdi.

O‘z navbatida, Osiyo Futbol Konfederasiyasi ham yangi formatdagi O‘zbekiston Superligasi hamda Kubogi musobaqalarini ta’rifladi va ushbu musobaqalardagi akkre ditasiyalash tizimiga yuqori baho berdi. Qolaversa, OFK mutasaddilari bunday seminar hamda kurslarni odatiy tarzda o‘tkazish va bunday seminarlarni albatta kelgusida O‘zbekistonda ham o‘tkazish borasida o‘z taklifini aytdi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:12, 23.04.2018.
O'qildi: 2091 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.