Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ayollar chempionati: Taqvimda o‘zgarishlar yuz berdi

Ayollar chempionati: Taqvimda o‘zgarishlar yuz berdi

Baho:
+ | -

Ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan mamlakat chempionatining 5 va 6-tur doirasidagi bir qataor o‘yinlar muddatida o‘zgarish bo‘ldi.

Jumladan, AGMK klubi bosh direktori I.YUldashevning 6 apreldagi 194-sonli xatida chempionatning 5-turidagi AGMK – “Neftchi” jamoalari uchrashuvini 25 apreldan 24 aprelga ko‘chirish so‘ralgan. Sababi, AGMK klubining Superliga, Yoshlar va ayollar jamoalari chempionatning uy uchrashuvlarini mazkur markaziy stadionda o‘tkazadi. 25 aprelga Yoshlar ligasining 8-tur doirasida “Nasaf”ga qarshi o‘yini belgilangan.

Murojaat qanoatlantirildi. Ayollar chempionatining 5-tur doirasidagi AGMK – “Neftchi” jamoalari uchrashuvi 25 apreldan 24 aprelga ko‘chirildi.

Shuningdek, “Metallurg” klubi bosh direktori A.Ma’rufaliyevning 23 apreldagi 185-sonli hamda “Bunyodkor” klubi bosh direktori M.Aliyevning 23 apreldagi 01/188-sonli xatlari ham inobatga olindi.

Mamlakat futzal terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va Osiyo chempionatida ishtirok etishi, bunda yuqorida tilga olingan klublarning uch nafardan ko‘p a’zolari terma jamoaga nomzod ekanliklaridan kelib chiqib ularning ishtirokidagi quyidagi o‘yinlar sanasiga o‘zgartirishlar kiritildi:

5-tur. “Qizilqum” – “Metallurg” va “Buxoro” – “Bunyodkor” jamoalarining 25 apreldagi o‘yinlari 16 iyunga ko‘chirildi.

6-tur. “Qizilqum” – “Bunyodkor” va “Buxoro” – “Metallurg” jamoalarining 28 aprelga belgilangan o‘yinlari 19 iyunga ko‘chirildi.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha ayollar terma jamoamiz 25 aprelda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. Besh kunlik mashg‘ulotlardan so‘ng ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Tailandga jo‘nab ketadi. 2-12 may kunlari Bangkokda tashkil etiladigan qit’a chempionatida qizlarimiz musobaqaning “D” guruhida Turkmaniston va Eron termalariga qarshi bahs olib boradi.   

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:13, 23.04.2018.
O'qildi: 3144 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик