Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Fakt. «Qo‘qon-1912» Jizzaxda g‘alaba qozonmagan

Fakt. «Qo‘qon-1912» Jizzaxda g‘alaba qozonmagan

Baho:
+ | -

Superliga 8-turida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi o‘z maydonida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” klubini qabul qiladi.

O‘TGAN  MAVSUMDA

Birinchi davra 14-turida “So‘g‘diyona”  safarda   “Qo‘qon-1912”ga  qarshi bahs olib borgan edi.  Ushbu bahsda o‘tkan masumda jamoamiz sharafini himoya qilgan himoyachi Murod Xolmuxammedov 20 daqiqada hisobni  penaltidan ochgan edi. Ko‘p  o‘tmay 25 daqiqada  Suxrob Berdiyev hisobni 2:0 ko‘rinishiga  olib kelgan. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Filip Rayevas hisobni yirik 3:0 holatiga olib kelgan edi. Ikkinchi bo‘limning 55 daqiqasida Sardor Eminov penaltidan hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi 3:1. 76 daqiqada Sanjar Rashidov Nikita Ribkin darvozasini ishg‘ol qildi va  shu tariqa o‘yin 3:2 hisobida yakunlangan edi.

“So‘g‘diyona” oliy liganing 29-turida o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni qabul qilgan edi. O‘yinning 28 daqiqasida Murod Xolmuxammedov penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa,64 daqiqada Umid Qodirov hisobni tenglashtirgan edi. Bahsning 90 daqiqasigacha qadar tarkibimizda 9 nafar futbolchi to‘p tepdi. Umid Qodirov 90 daqiqada gol urib jamoaning g‘alabasini ta’minlagan edi.

O‘YINNI VLADISLAV SEYTLIN BOSHQARADI

Ushbu bahsni Vladislav Seytlin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda R.Fozilov(Namangan) va yordam M.Nexochin (Namangan) beradi. Zahiradagi  hakam Shuxrat Rajabov.

Nazoratchi: R.Seraziddinov
O‘zPFL vakili: Erkin Baxtiyorov

O‘ZARO USTUNLIK

“So‘g‘diyona” hamda “Qo‘qon-1912”  klublari oliy ligada shu kungacha 22 bor kuch sinashishgan.“Qo‘qon-1912” hisobida 7 ta, “So‘g‘diyona” hisobida 11 ta g‘alaba mavjud. 4 o‘yinda  durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik  jizzaxliklar tomonida:  37:27. “Qo‘qon-1912”  o‘zaro o‘yinlarda 25 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa ,jizzaxliklar 37 ochkoni qo‘lga qiritgan.  “Qo‘qon-1912”ning eng yirik g‘alabasi 4:2, “So‘g‘diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati  5:2.

“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan barcha uchrashuvlar:

19.11.2017 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 2:1
29.10.2016 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 1:1
26.06.2015 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 2:1
14.09.2002 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 1:0
10.05.2000 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912» 3:2
25.09.1999 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 1:1
14.08.1998 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 5:2
06.09.1995 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 4:0
03.11.1994 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 3:0
29.09.1993 «So‘g‘diyona» – « Qo‘qon-1912 » 1:0
26.08.1992  «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 1:0

O‘ZARO O‘YINLAR HAQIDAGI FAKT:

Jizzaxdagi 11 ta o‘yindan 9 tasida “So‘g‘diyona” g‘alaba qozongan. 2 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. Jizzaxliklar o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda qo‘qonliklarga 3 ochkoni boy bermagan.

O‘YIN VAQTI VA JOYI.

Yoshlar ligasi bahsi 24 aprel kuni soat 16:00 da “So‘g‘diyona” qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 25 aprel  kuni  soat 20:30 da “So‘g‘diyona” stadionida o‘tkaziladi. O‘yiini “Sport” telekanali orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin. Bahsni Xayrulla Xamidov sharxlab boradi.

“QO‘QON-1912” DAGI TANISH FUTBOLCHILAR

Jalil Kimsanov 2012-1013 yillarda, Suxrob Berdiyev 2013-2014, Murod Xolmuhammedovlar 2015-2016 “So‘g‘diyona” sharafini himoya qilishgan. Iqbol Malikjonov, Doniyor Hasanov, Akmal Xolmurodovlar “So‘g‘diyona” tarkibida sobiq jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

“So‘g‘diyona”  PFK matbuot xizmati

Manba: www.fcsogdiana.uz
Kiritildi: 21:02, 23.04.2018.
O'qildi: 2937 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.