"Barselona" yarimhimoyachisi Andres Inyesta kataloniyaliklar safini tark etishi mumkin, ammo Xitoyga bormasligi mumkin.
As xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi atrofidagi voqealarni "Manchester Siti" va "PSJ" klublari kuzatmoqdalar. Inyesta boshqa mamlakatlarning top-klublaridan tushayotgan takliflar tufayli o‘z qarorini kechiktirmoqda.
Agar futbolchi boshqa klubga o‘tish istagini bildirsa, "Barselona" unga qarshilik qilmaydi.