Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

O‘FAning «Futbolni rivojlantirish» bo‘limi vakillari Andijonda ish boshladi

O‘FAning «Futbolni rivojlantirish» bo‘limi vakillari Andijonda ish boshladi

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig‘iga ko‘ra O‘FAda yangi tashkil etilgan “Futbolni rivojlantirish" bo‘limi vakillari 25 aprel - 16 may oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida bo‘lib qaytadilar.

Ilk qadam vodiy tomon tashlandi. 3 kishidan iborat guruh a’zolari ishni Andijondan boshlashdi. 26-27 aprel kunlari Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ham bo‘ladigan O‘FA xodimlari avvalo hududlardagi bolalar futboli bilan yaqindan tanishib, viloyatlarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda musobaqalar tashkil qilish borasida ish olib boradilar. Tabiiyki, O‘FAning taqvim rejasi asosida o‘tadigan o‘yinlar ham bundan mustasno bo‘lmaydi.  Andijon viloyati futbol federasiyasi 1-Vise-Prezidenti Bekzod Karimov bilan 2018 yilda tashkil qilinishi kerak bo‘lgan musobaqalar bo‘yicha reja ishlab chiqildi. O‘FA tomonidan taqdim etilgan ish dasturidan tashqari, viloyat federasiyasini o‘zi ham barcha hududlarida yaxshi saviyadagi musobaqalarni o‘tkazish borasida ish olib borishini aytib o‘tgan.

 Andijon viloyatidagi futbol musobaqalarini sifatini oshirish va uni doimiy ko‘rinish olishi uchun hududiy ligalar tashkil etiladigan bo‘ldi. Endi ichki chempionat avval hududiy bosqichda o‘tib, keyin markazlashgan holda finali bo‘ladi.

Unga ko‘ra, Andijon viloyati geografiyasidan kelib chiqib quyidagicha hududlarni o‘z ichiga oladi.

 1-hudud: Xonobod shahri, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlari.

2-hudud. Andijon shahri, Andijon, Paxtaobod va Izboskan tumanlari.

3-hudud. Buloqboshi, Asaka, Marhamat, Oltinko‘l tumanlari.

4-hudud. Shaxrixon, Bo‘z, Ulung‘ur, Baliqchi tumanlari.

 Vodiy safaridan keyin, ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida bo‘ladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:12, 25.04.2018.
O'qildi: 1913 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.