Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

O‘FA Eron milliy terma jamoasining taklifiga ijobiy javob qaytardi

O‘FA Eron milliy terma jamoasining taklifiga ijobiy javob qaytardi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Shu yilning 17 may kuni Eron va O‘zbekiston milliy terma jamoalari Tehronda xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi belgilab qo‘yilgandi.

 O‘FA hamda PFL o‘z rejalarini shunga moslashtirdi. Biroq keyinroq Eron tomoni uchrashuvni 19 may sanasida o‘tkazishni so‘radi.

Natijada O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi bellashuvning o‘tishi so‘roq ostida qoldi.

 Ammo O‘zbekiston terma jamoalariga javobgar bo‘lgan murabbiylar JCH—2018 uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoaga qarshi o‘yinni foydali deb hisoblab kelayotgandi.

Mazkur bellashuv ayniqsa Osiyo O‘yinlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar uchun navbatdagi maktab vazifasini o‘tab berishi mumkin edi.

 Shundan kelib chiqib, O‘FA terma jamoalarga nisbatan ko‘proq futbolchilarini berayotgan Superliga klublari bosh murabbiylari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda “Paxtakor” ustozi Shota Arveladze, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev, “Bunyodkor” yetakchisi Mirjalol Qosimov hamda “Navbahor” natijalari uchun javobgar bo‘lgan Ilhom Mo‘minjonov ishtirok etdi. Shuningdek, yig‘ilishda PFL vakillari ham qatnashdi.

 Yakunda Eron futbol federasiyasi bilan kelishuv o‘z kuchida qoldi. Uchrashuv 19 may sanasiga surilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston termasi Tehronga boradi. Faqat bunda O‘zbekiston termasiga legioner futbolchilar jalb etilmaydi va asosan Osiyo O‘yinlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar xizmatidan foydalaniladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:14, 25.04.2018.
O'qildi: 7488 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.