Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

MOQ Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda viloyatlarda sport sohasiga mas’ul rahbarlar bilan videoselektor o‘tkazdi

MOQ Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda viloyatlarda sport sohasiga mas’ul rahbarlar bilan videoselektor o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Bugun, 25 aprel kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov respublika sport federasiyalari, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari mutasaddilari bilan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlarda sport sohasiga mas’ul rahbarlar ham ishtirok etishdi.

Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan farmon va qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, bundan keyin bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, rejalar va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi. Yaxshi ma’lumki, bungacha respublikamizdagi IBO‘SM va BO‘SMlar faoliyatini tubdan isloh qilish, Olimpiya zaxiralari kollejlarida qabul kvotalarini qayta ko‘rib chiqish, iqtidorli sportchilarni saralab olishga alohida e’tibor qaratilishi ma’lum qilingandi. Ammo, MOQ rahbari hududlarda bu borada tashkil etilayotgan ishlar talabga mutlaqo javob bermayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Olimpiya zaxiralari kollejlarida qator islohotlar, o‘zgarishlar amalga oshirilganiga qaramay, bugungi kungacha qabul kvotalari masalasi hal etilmaganligi, sportchilar u yerga qanday mezonlar asosida qabul qilinishi masalasi hamon ochiq qolayotgani haqida Umid Ahmadjonov kuyunib gapirdi. Vaziyat tanqidiy ko‘rib chiqildi. Tegishli mutasaddi hodimlarga ko‘rsatma berildi. Bu borada bajarilgan ishlar yuzasidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Isroilov hisobot berdi. Ishlarni oxiriga yetkazish va rahbariyatga hisobot topshirish uchun A.Isroilovga 3 kun muhlat berildi.

O‘z navbatida, respublika sport federasiyalari rahbarlariga 10 kun muddatda viloyatlarda sportni rivojlantirish, uning ommaviyliligini oshirish, ichki musobaqalarning mukammal tizimini ishlab chiqish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilishda bundan buyon IBO‘SM va BO‘SM da tahsil olayotgan har bir yosh sportchi haqidagi to‘liq ma’lumotlar, ular qayd etayotgan natijalar yangi tashkil etilayotgan elektron bazaga kiritib borilishi ma’lum qilindi.

Kezi kelganda ta’kidlash lozimki, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari faoliyati bugungi kunda Respublika sport rahbariyatini umuman qoniqtirmayapti. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Tillayevning hisoboti tinglandi. Ishni tashkil etishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, o‘z vazifasiga mas’uliyatsiz yondoshgani uchun R. Tillayev yig‘ilishning o‘zidayoq lavozimidan ozod etildi.

Videoselektor davomida shuningdek, Andijon, Sirdaryo, Buxoro, Surxondaryo, Samarqand va Namangan viloyatlaridagi ahvol tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi. Mutasaddi xodimlarga tegishli vazifa va ko‘rsmatmalar berildi. Barcha o‘zi uchun tegishli hulosalar chiqarib olishi uqtirildi.

Sir emaski, aholi orasida ommaviy sportni keng targ‘ib etish, shu orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bugungi kundagi ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda, bundan buyon hokimlik tizimidagi boshqarma va tashkilotlar o‘rtasida «Hokim kubogi» musobaqalari o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Bellashuvlar mini-futbol, voleybol, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha tashkil qilinishi aytildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshliqlariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

«Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev biz uchun tarixiy qarorni qabul qilib berdilar. Nima so‘ragan bo‘lsak, barchasi ziyoda qilib berildi. Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha 5 ta baza Milliy olimpiya qo‘mitasi balansiga o‘tkazildi. Sizlarga yana qanday sharoit kerak?

Bugun Sizlar bilan Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, erishilgan yutuqlardan-da ko‘proq natija ko‘rsatishimiz uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va federasiya rahbarlari qanday ishlarni amalga oshirishini kelishib oldik.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tmoqchimanki, Muhtaram Prezidentimiz “Yoshlarni tarbiyalash bizning eng ulug‘ maqsadimiz” deb tunu-kun jon kuydirmoqdalar. Biz chetda qarab turolmaymiz. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hech kim kechirmaydi. Barcha o‘z ishini, faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, tegishli hulosalar chiqarib olsin», – deya yig‘ilishni yakunladi Umid Ahmadjonov.

 

 

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 23:12, 25.04.2018.
O'qildi: 4793 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.