Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasi taklifiga ko‘ra Dohaga jo‘nab ketdi

Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasi taklifiga ko‘ra Dohaga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Shu yilning 24 fevral sanasida Markaziy Osiyo, Eron va Afg‘oniston futbol assosiasiyalari, ya’ni, CAFA prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonov Qatarga jo‘nab ketdi.

27 aprel kuni Qatarning ikki yetakchi klubi — “As-Sadd” hamda “Al-Duhayl” mamlakatning Valiahd Shahzodasi Kubogi finalida maydonga tushadi. Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasining taklifiga ko‘ra hal qiluvchi bellashuvni faxriy mehmonlar lojasida kuzatib boradi.

Valiahd Shahzoda Kubogi 1995 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Unda Qatar Yulduzlar Ligasining mavsum yakuniga ko‘ra eng kuchli to‘rt klubi g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Qatarning barcha jamoalari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan kubok musobaqasi esa Amir Kubogi deb nomlanadi.

Rejaga ko‘ra, Umid Ahmadjonov Qatar qirolligi oilasidan tashqari, JCH—2022 tashkiliy qo‘mitasi rahbariyati bilan ham ko‘rishadi.

Qayd etish kerak, 24 fevral kuni Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida o‘tgan CAFA kongressiga kuzatuvchi sifatida Qatar futbol assosiasiyasi prezidenti At-Taniy Shayx Hamad bin Halifa hamda tashkilot bosh kotibi Al-Ansariy Mansur tashrif buyurgandi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 09:42, 26.04.2018.
O'qildi: 3156 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик