Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ilhom Mo‘minjonov: «Navbahor» uy jamoasi emas»

Ilhom Mo‘minjonov: «Navbahor» uy jamoasi emas»

Baho:
+ | -

“Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonov va Jahongir Mehmonovlar ishtirok etishdi:

Ilhom Mo‘minjonov: - “Paxtakor” jamoasini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsakda, futbolchilarimizga ham rahmat aytaman. Shogirdlarim raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishdi. Maydonga g‘alabani ko‘zlagan holda chiqqandik. Ammo, uchrashuvda raqib jamoa futbolchilarining mahorati o‘z so‘zini aytdi. Ya’ni Masharipov va Bezerralarning individual mahorati tufayli darvozamiz ishg‘ol qilindi. Masharipovning qanotdan to‘p oshirishidan keyin Bezerra to‘pni o‘ziga o‘nglab oldi va chiroyli gol muallifiga aylandi. Aslini olganda bahs durangga mos bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, yakunda mag‘lub bo‘ldik. Bu futbol va bunday natijalar bizni yanada kuchli qiladi.

- “Navbahor” o‘z maydonida va safarda to‘p surganida ikki xil jamoaga aylanib qolmayapti. Bu haqda nima deya olasiz?

- Ko‘pchilik jamoamizga shunday ta’rifni bermoqda. Masalan o‘tgan yili duranglarimiz soni ko‘p bo‘ldi. Aksariyat duranglarimiz safardagi uchrashuvlarda kuzatildi. Shu bilan birgalikda g‘alabalarni ham qo‘lga kiritdik. Joriy yilgi mavsumda ham shu kunga qadar mehmondagi o‘yinlarda to‘rt ochkoga ega bo‘ldik. Shundan kelib chiqqan holda “Navbahor”ni uy jamoasi deb aytmagan bo‘lardim. Bu kabi fikrlarni yuzaga kelishiga esa o‘z maydonimizdan deyarli ikki yildan beri yutqazmayotganligimiz sabab bo‘lmoqda deb o‘ylayman. Agarda e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, ko‘plab jamoalar ham ochkolarni asosan o‘z maydonidagi bahslarda qo‘lga kiritadi. “Navbahor”ni o‘z maydonida har qanday raqibga munosib qarshilik ko‘rsatib, mag‘lubiyatga uchramayotganligidan juda ham xursandman. Biri so‘z bilan aytganda “Navbahor” uy jamoasi emas. Statistikaga e’tibor qaratilsa jamoani o‘tgan mavsumda safardagi bahslarda qancha ochko to‘plaganligi oydinlashadi. So‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi natija qayd etilgan. Garchi shu paytga qadar mehmonda to‘rt ochko to‘plagan bo‘lsakda, keyingi bahslarda ochkolarimiz sonini oshiramiz degan umiddaman.

- Mavsum avvalida klub oldiga yuqori o‘rinlar uchun kurashish vazifasi qo‘yilgandi. Ayni paytda jamoani qaysi o‘rinlar uchun da’vogarlik qiladi deb ayta olasiz?

- Mavsum avvalida rahbariyat oldimizga yuqori o‘rinlar uchun kurashish vazifasini qo‘ygan. Ayni paytda shu maqsad yo‘lida harakat qilmoqdamiz. Futbolchilarimiz kuchli uchlikka kurashishga loyiq deb o‘ylayman. Qo‘l ostimdagi futbolchilar bilan ishlashda davom etaman va bundan charchamayman. Bir so‘z bilan aytganda futbolchilarimizdan faxrlanaman. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonish uchun intilamiz. Har bir jamoa xato qiladi. Bir tur oldin “Bunyodkor” jamoasi xatoga yo‘l qo‘yganligi tufayli uch ochkoni qo‘lga kiritgandik. Bu gal biz xatoga yo‘l qo‘ydik. Aynan shu sababli shogirdlarimni koyiganim yo‘q. Chunki bu futbol. Kimdir aldanadi, yana kimdir qoqiladi.

-  “Navbahor” asosan agressiv futbol ko‘rsatmoqda. Jamoa pozision hujum tashkil etishda oqsamoqda. Gollar asosan standart vaziyatlardan urilmoqda.

-  Bu kamchilikni bartaraf etish ustida ishlamoqdamiz. Futbol millionlar o‘yini.Butun dunyoda ko‘plab jamoalar asosan standart vaziyatlardan gol urishga intilmoqda. Biz ham standartlarga urg‘u berganmiz. Misol uchun o‘tgan yili ham aynan shu usuldan foydalanib ko‘plab ochkolarni qo‘lga kiritganmiz. Kelgusida pozision hujum tashkil etish borasida ishlab, yanada yaxshiroq harakat qilamiz.

Jahongir Mehmonov: - Avvalambor “Paxtakor” jamoasini qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun mag‘lubiyatga loyiq o‘yin ko‘rsatmadik deb o‘ylayman. Jamoamizni kuchli klublar bilan tengma-teng o‘ynay oladigan bo‘lishida mehnat qilayotgan murabbiyimizga rahmat aytaman. Keyingi uchrashuvlarda yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Futbolda qaysidir jamoa yutadi boshqasi mag‘lubiyatga uchraydi. Yana kimdir xatoga yo‘l qo‘yadi.”Paxtakor”ga qarshi bahsda o‘zimiz yo‘l qo‘ygan yagona xato tufayli imkoniyatni boy berdik. Xato va kamchiliklardan tegishli xulosalar chiqargan holda yanada o‘sishga erishamiz. Keyingi turlarda klub rahbariyati, jamoamiz murabbiylari va muxlislarimiz ishonchini oqlash uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz. Jamoamiz yuqori o‘rinlarni ko‘zlayotganligi sababli har bir mag‘lubiyat alamli. Chunki barcha uchrashuvlarda maydonga faqat g‘alabani ko‘zlagan holda tushmoqdamiz. Jizzaxda 2:0 hisobida oldinda borib turib mag‘lub bo‘lganimiz ko‘proq alam qilgan. Xato va kamchiliklarimizdan tegishli xulosa chiqargan holda keyingi turlarda yaxshiroq natija qayd etishga intilamiz.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:21, 26.04.2018.
O'qildi: 3018 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.