Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Superliga. «Lokomotiv» penaltilar evaziga «Bunyodkor»ni mag‘lub etdi

Superliga. «Lokomotiv» penaltilar evaziga «Bunyodkor»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining 8-turi doirasida bugun markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi. "Bunyodkor" va "Lokomotiv" o‘rtasidagi bahsda muxlislar hujumkor o‘yin guvohiga aylanishdi.

Butun o‘yin davomida har ikkala jamoa golga tortadigan juda ko‘p vaziyatlarni yaratishdi. Bunday hujumlar har ikkala jamoada o‘nga yaqin bo‘ldi. Darvozabon va himoyachilar bir necha marta qahramonlik ko‘rsatishlariga to‘g‘ri keldi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda hisobni ochish "qaldirg‘ochlar"ga nasib etdi. Qanotdan yetkazilgan uzatma uchun "Bunyodkor" futbolchilaridan biri kurash olib bordi. To‘p esa Nesterovning oyog‘iga tegib, Toshmatovga kelib tushdi. Murodjon yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

"Temiryo‘lchilar" tashabbusni o‘z tomonlariga og‘dirib, hujumkor o‘yin namoyish qilishda davom etishdi. Buning uchun ular mukofotlanishdi. Fyodorov shogirdlarining bir nechta xavfli zarbalarini Murod Zuhurov qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvning 72-daqiqasida mehmonlar yaxshi kombinasiya tashkil qilib, Rashidovni zarbavor vaziyatga chiqarishdi. Sardorning zarbasidan keyin to‘p Ashurmatovning baland ko‘tarilgan qo‘liga tegdi. Penalti! Marat Bikmayev o‘z imkoniyatidan samarali foydalandi.

O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida o‘yin hakami Risqullayev "Bunyodkor" darvozasi tomon shubhali penalti belgiladi. Mezbonlarning maydon markazidagi qo‘pol xatosidan keyin Bikmayev darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. U bilan yonma-yon yugurib borayotgan G‘ofurov avval to‘pni yon tomonga tepdi, so‘ngra Maratni yiqitdi. Hakam esa bir necha soniya o‘ylanganidan keyin 11 metrli jarima zarbasi belgilashga harakat qildi. O‘zbekistonning 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi bu safar ham Zuhurovni dog‘da qoldirdi.

Shu tariqa, "Lokomotiv" o‘z ochkolarini 11taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, shu paytgacha musobaqa peshqadami bo‘lib turgan "Bunyodkor" 3-o‘ringa tushib qoldi.

Superliga, 8-tur
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 1:2 (0:0)
Gollar: Murodjon Toshmatov (59) — Marat Bikmayev (72-penalti, 86-penalti)
“Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akramjon Komilov, 6.Anvar G‘ofurov, 8.Jovlon Ibrohimov (S), 11.Murodjon Toshmatov, 18.Sardor Sobirxo‘jayev, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 30.Xurshid G‘iyosov, 44.Mirjamol Qosimov, 99.Filip Rayevas.
“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev, 19.Xusniddin G‘ofurov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov, 27.Sardor Rashidov, 28.SHuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteev, 88.Igor Yelich

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:21, 26.04.2018.
O'qildi: 4788 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.