Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Pepsi Superliga: Yakshanba kungi poytaxt derbisi ham “Bunyodkor” stadionida o‘tadi

Pepsi Superliga: Yakshanba kungi poytaxt derbisi ham “Bunyodkor” stadionida o‘tadi

Baho:
+ | -

Pepsi Superliganing 9-turidan joy olgan “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi.

Mazkur bellashuv 29 aprel — yakshanba kuniga tayin qilingan bo‘lib, uning 20:00 da start olishi belgilab qo‘yilgandi. “Lokomotiv” futbol klubi xavfsizlik masalasi hamda stadion atrofida boshlangan ta’mirlash ishlaridan kelib chiqib, uchrashuvni “Bunyodkor” stadioniga ko‘chirishni so‘rab, PFLga murojaat bilan chiqdi.

“Sport” telekanali bilan rejalashtirilgan o‘yin vaqti esa o‘zgarmadi. Shuningdek, 9-turning yakshanba kuni o‘tishi kerak bo‘lgan yana 2 ta uchrashuvida ham vaqt masalasi o‘zgarishsiz qoldi:

“Metallurg” - “Buxoro 16:00

“Navbahor” - “Neftchi” 18:00

Toshkent derbisining “Bunyodkor” stadionida o‘tishi muxlislarga ham qo‘shimcha qulayliklar yaratishi mumkin. 8-turdan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Lokomotiv” o‘yiniga 15 mingdan ziyod futbol muxlisi tashrif buyurdi. “Temiryo‘lchilar”ning “Paxtakor”ga qarshi o‘yinida ham muxlislar tashrifi yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Madaniy xordiq chiqarish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz yilning eng yaxshi o‘yinlaridan birini dam olish kuni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilishlari mumkin.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:18, 27.04.2018.
O'qildi: 5025 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик