Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Umid Ahmadjonov Dohada Qatar MOQ prezidenti bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Dohada Qatar MOQ prezidenti bilan uchrashdi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasining taklifiga ko‘ra Dohaga jo‘nab ketgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun Qatarning ikki yetakchi klubi — “As-Sadd” hamda “Al-Duhayl” mamlakatning Valiahd Shahzodasi Kubogi finalida maydonga tushdi. Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasining vakillari bilan hal qiluvchi bellashuvni faxriy mehmonlar lojasida kuzatib bordi.
Shuningdek, Umid Ahmadjonov Dohada Qatar qirolligi oilasi a’zosi, Qatar Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shayx Jua’n bin Hamad bin Xalifa at-Taniy bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat Olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatish, mamlakatda Olimpiya sport turlarini rivojlantirishda o‘zaro tajriba almashish, mutaxassislarni jalb qilish borasida kelishib olindi.

Bundan tashqari, Umid Ahmadjonov JCH—2022 tashkiliy qo‘mitasi rahbariyati bilan ham ko‘rishib, mundialga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, stadionlar rekonstruksiya qilish va yangitdan barpo qilishda qo‘llanilayotgan innovasion texnologiya va loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:30, 28.04.2018.
O'qildi: 2137 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик