Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Poygachi, aktyor, prezident yoxud faoliyatini yakunlagach, boshqa sohaga o‘tgan futbolchilar

Poygachi, aktyor, prezident yoxud faoliyatini yakunlagach, boshqa sohaga o‘tgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Yashil maydondagi ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan futbolchilar butsalarini mixga ilgach, turli sohalar bo‘ylab ketishadi. Odatda, biz ularning murabbiylikda o‘zlarini sinab ko‘rishganiga guvoh bo‘lamiz.

Ammo shundaylar ham borki, kutilmagan kasbni tanlab, o‘zlarining ochilmagan qirralarini namoyon etishadi. Bugungi maqola aynan shunday futbolchilarga bag‘ishlanadi.

FABYEN BARTEZ (Fransiya termasi, «Tuluza», «Marsel», «Monako», «MYU», «Nant» klublarida o‘ynagan)

Fransiya milliy jamoasi tarkibida jahon va Yevropa chempioniga aylangan darvozabon 2007 yili faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Ammo uzoq vaqt ishsiz qolib ketmadi.

Oradan bir yil o‘tib, avtosport olamiga kirdi va Porsche Carrera Cup France turnirida qatnashdi. 2013 yili esa Sofrev ASP Ferrari jamoasidagi sherigi Morgan Mullen-Traffor bilan GT toifasida Fransiya chempionati g‘olibiga aylandi.

«Manchester Yunayted»ning sobiq posboni poyga yakunlangach, o‘z intervyusida hamisha avtopoygalarda qatnashishni orzu qilganini ta’kidladi. Bartez Panis Barthez Competition jamoasi tarkibida muntazam ravishda «Le Man 24 soati» poygalarida ishtirok etib kelmoqda.

BIKSANT (Bishente) LIZARAZYU (Fransiya termasi, «Bordo», «Atletik», «Bavariya», «Marsel» klublarida o‘ynagan)

Bartezning termadagi sherigi, 90-yillar oxiri 2000-yillar boshida eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etilgan Lizarazyu jiu-jitsu (Braziliya yakkakurash turi) bilan jiddiy tarzda shug‘ullana boshladi.

Hattoki, 2009 yili 1-engil divizionda Yevropa chempioniga aylandi. Shuningdek, Biksant serfing ishqibozi, TVda ekspertlik qiladi, turli tillarni o‘rganadi (fransuz va bask tilidan tashqari, u inglizcha, nemischa va ispanchani biladi).

Lizarazyu - serqirra shaxs, u bilan «PSJ»ning muammolari, Yoann Gurkyuffning jarohati, umuman, istalgan mavzuda suhbatlashish mumkin.

TOMAS GRAVESEN (Daniya termasi, «Vayle», «Gamburg», «Everton», «Real», «Seltik» klublarida o‘ynagan)

«Everton» safida 100dan ortiq o‘yin o‘tkazgan birinchi xorijlik futbolchi, klassik tayanch yarim himoyachisi. Tushunarsiz holatda Madridning «Real» klubi safiga qo‘shilgan Gravesen hozir Las-Vegasda yashaydi. Pokerdagi omadli o‘yinlari tufayli millionerlar safidan o‘rin egallagan.

BARRI XORN (Uels termasi, «Reksxem», «Portsmut», «Sautgempton», «Everton», «Birmingem», «Xaddersfild», «Sheffild Uensdey», «Kidderminster Xarrirz», «Uolsoll», «Belper Taun» klublarida o‘ynagan)

«Everton»dagi o‘yinlari orqali muxlislarga tanilgan yarim himoyachi futbolchilarning cheklovlarga moyilligini inkor etganlardan biridir.

Uning Liverpul radiosidagi faoliyati yorqin kechdi, Liverpool Echo gazetasida o‘z sahifasiga ega. Eng asosiysi - Xorn 2014 yildan buyon Chester shahridagi Qirollik maktabida fizika va ximiya fanlaridan dars bermoqda.

FRANK LEBYOF (Fransiya termasi, «Yer», «Mo», «Laval», «Strasbur», «Chelsi», «Marsel», «Al-Sadd», «Al-Vakra» klublarida o‘ynagan)

Fransiyaning eng iqtidorli avlod vakillaridan biri 2005 yili butsalarini mixga ildi. So‘ngra Los-Anjelesga borib, Vinni Jons bilan birgalikda «Gollivud» havaskorlar jamoasida o‘ynovchi murabbiy vazifasida ishladi. Kaliforniyada yashash asnosida Lebyof bolalikdagi orzusini ro‘yobga chiqarishga oshiqdi va aktyorlar maktabiga kirdi.

Bugungi kunda u muntazam ravishda teatrda rol o‘ynamoqda, o‘nlab filmlarda suratga tushdi. Ular orasida eng mashhuri - Stiven Xokingning rafiqasi memuarlari asosida ishlangan «Barcha narsalar nazariyasi» filmi. Unda Lebyof shifokor obrazini yaratgan.

GAISKA MENDIYETA (Ispaniya termasi, «Kastelyon», «Valensiya», «Lasio», «Barselona», «Midlsbro» klublarida o‘ynagan)

Futbol tarixidagi eng yaxshi penaltichi muntazam ravishda Moskvaga borib, afsonalar kubogida jahon termasi safida o‘ynaydi. Ammo Mendiyetaning asosiy qiziqishi musiqa bilan bog‘liq.

Yaqinda di-jey sifatida ishlashni boshlagan sobiq futbolchi turli festivallarda qatnashmoqda, Los Planetas indi-rok guruhiga qo‘shiqlar yozib bermoqda.

JORJ VEA (Liberiya termasi, «Mayti Baroll», «Invisibl Eleven», «Afrika Sports», «Tonner», «Monako», «PSJ», «Milan», «Chelsi», «Manchester Siti», «Marsel», «Al-Jazira» klublarida o‘ynagan)

«Oltin to‘p» sohibi, o‘tmishda «Milan»da ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgan hujumchi oxir-oqibat mamlakat rahbarligiga saylangan yagona futbolchiga aylandi. Vea 2017 yilning dekabrida o‘tkazilgan saylovlarning ikkinchi bosqichida g‘olib chiqib, Liberiya prezidenti bo‘ldi.

Abdulloxon ISROILXONOV tayyorladi

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:04, 28.04.2018.
O'qildi: 7192 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.