Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Zlatan Ibragimovich: «Mensiz JCH jozibasi «o‘ladi!»

Zlatan Ibragimovich: «Mensiz JCH jozibasi «o‘ladi!»

Baho:
+ | -

«Los-Anjeles Geleksi» klubining shvesiyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich Amerika televideniyesining mashhur kanallaridan biri - ABCda taniqli boshlovchi Jimmi Kimmel shousi mehmoni bo‘lib, JCH-2018da ishtirok etish niyatini bildirdi.

Ko‘rsatuv shu qadar muvaffaqiyatli chiqdiki, uni YouTube orqali bir sutkada 4 mln. marta tomosha qilishdi.

Izoh shunga yarasha - «Aslida Jimmi mehmon, Zlatan esa mezbon bo‘ldi!» Bu shved yulduzining AQSHda o‘zini xuddi uyidagidek his etayotganiga ishora. Marhamat, shou lavhalari bilan tanishing.

«Shvesiyani dunyo xaritasiga olib kirdim»

- Los Angeles Times nashrining maxsus sahifasi borki, xohlovchi kishi u orqali butun shaharga murojaat qilishi mumkin. Xususan, sen kelgan kuning shahar bilan o‘ziga xos tarzda salomlashding: «Qimmatli Los-Anjeles! Arzimaydi. Zlatan».

- 2 yilcha Los-Anjeles varianti ustida bosh qotirdim. Shaharga munosib sovg‘a bilan kelishni o‘ylagandim. Xullas, yakunda o‘zimdan ko‘ra, munosibroq sovg‘a topolmadim. Mana, o‘zim keldim, arzimaydi.

- Ajablanarli yechim. Biroq an’anaviy shved fuqarosiga uncha o‘xshamaysan. Har holda, shvedlar tabiatan maqtanchoq emaslar.

- To‘g‘ri, hamyurtlarim o‘ta mulo-yim kishilar.

- Shuning uchun sendan mamlakatdan chiqib ketishni so‘radilarmi?

- Aslo! Ha, shvedga o‘xshamayman. Ammo Shvesiyani dunyo xaritasiga olib kirdim!

«Bu zilzila emas, men...»

- «Geleksi» safidagi ilk uchrashuvda g‘aroyib gol urding. Buni ham oldindan rejalashtirganmiding?

- Oldindan shunday gol urishni his etgandim. Aytgancha, men kelgan kuni shaharda zilzila bo‘lganidan xabarim bor. U zilzila emasdi, shunchaki, Los-Anjeles zaminiga qadam qo‘ygandim. Golga to‘xtalsak, kimligimni bildirib qo‘yishni istadim.

- Aslida deyarli barcha jamoalarda debyutni gol bilan nishonlagansan, to‘g‘rimi?

- Ha, lekin oddiy gollar bilan. Bunisi o‘zgacha. Qolaversa, g‘alabani ta’minlagan «dubl» qayd etdim.

- Senga nisbatan umumiy munosabatdan hayratlanish mumkin. Deylik, Chikagoga yo‘l olganingda katta shov-shuv ko‘tarilibdi.

- Yevropada futbol - muhim voqelik. Shu bois, qayerga bormayin, odamlar aqlini shoshirib qo‘yardim. Amerikada esa munosabat boshqachaligini aytishgandi. Xususan, Los-Anjeles ko‘chalarida emin-erkin sayr qilish mumkinligiyu, hech kim menga e’tibor qaratmasligini ta’kidlashgandi.

Biroq amalda aksi bo‘lib chiqdi. Aslida bunga o‘zim sababchiman. Qanday o‘ynashimni nazarda tutsak, yuksak e’tiborning ajablanadigan tomoni yo‘q...

- Boshqa sport turlariga munosabating qanday? Masalan, o‘zingni professional basketbolchi sifatida tasavvur eta olasanmi?

- O‘ylashimcha, o‘zimga qattiq ishonishimni allaqachon sezdingiz. Qanday ish bilan shug‘ullanishimdan qat’iy nazar, hech kim uni takrorlay olmaydi. Taqdir ekan, futbolni tanladim. Shunday ekan, boshqa sport turlari ishqibozlaridan uzr so‘rayman.

- Jamoadoshlaringni ranjitib qo‘yishing mumkinligi sal bo‘lsada, o‘ylantiradimi? Axir ular doimo soyangda qolib ketishadi...

- Yo‘q-yo‘q. Chunonchi, ularni super-yulduzlarga aylantiraman, xuddi o‘zim singari.

«Sokker? Yo‘Q. Biz uchun futbol...»

- Sen va JCH-2018ga bog‘liq mish-mishlar avjiga chiqmoqda. Bo‘lajak mundialda qatnashasanmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:15, 28.04.2018.
O'qildi: 6649 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.