Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Sardor Mirzayev: «Derbida maydonga tushish hamisha yoqimli»

Sardor Mirzayev: «Derbida maydonga tushish hamisha yoqimli»

Baho:
+ | -1

Ertaga "Lokomotiv" Superliga doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Bu safar "temiryo‘lchilar" jamoasiga poytaxtimizning yana bir jamoasi – "Paxtakor" raqiblik qiladi.  

"Lokomotiv"ning yetakchilaridan biri Sardor Mirzayev mazkur o‘yin oldidan klub rasmiy saytiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

- Kuni kecha Toshkentning grand jamoalaridan biri "Bunyodkor" ustidan g‘alaba qozondik. Ana endi bizni oldinda "Paxtakor"ga qarshi yana bir jiddiy to‘qnashuv kutib turibdi. Ushbu match oldidan asosan tiklanish mashg‘ulotlari o‘tkazdik. Sababi ikkala o‘yin o‘rtasida uncha katta vaqt yo‘q edi. Umuman olganda, navbatdagi derbiga tayyormiz, deya olaman. Bunday darajadagi uchrashuvlarda maydonga tushish hamisha yoqimli. Muxlislar ham ikki grand qarama-qarshiligi payti aslo zerikib qolishmaydi. To‘g‘ri, mavsumni u qadar muvaffaqiyatli boshlay olmadik. Lekin oxirgi turlardagi g‘alabalar o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qaytardi. Hali oldinda bizni ulkan g‘alabalar kutayotganiga ishonchim komil, - dedi tajribali futbolchi klub rasmiy saytiga.

Ta’kidlab o‘tamiz, "Lokomotiv" – "Paxtakor" bahsi ertaga, 29 aprel kuni poytaxtimizdagi "Bunyodkor" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:15, 28.04.2018.
O'qildi: 3165 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик