Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Prevyu: «Nasaf» - «So‘g‘diyona»

Prevyu: «Nasaf» - «So‘g‘diyona»

Baho:
+ | -

«Nasaf» 9-tur uchrashuvini Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 30 aprel dushanba kuni «Markaziy» stadionimizda soat 20:00da boshlanadi.

Pepsi Superliga. 9-tur

«NASAF» – «SO‘G‘DIYONA»

30.04.2018. «Markaziy» stadion. 20:00da

Bosh hakam: Akobirxo‘ja Shukurullayev (Toshkent)

Qanot hakamlari: Doniyor Saylavov (Toshkent), Rishat No‘’monov (Toshkent)

Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)

Nazoratchi: Artyom Arutyunov (Toshkent).

Komissar: Bekzod Aripov.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Jamoalar milliy chempionat doirasida bungacha o‘zaro 34 marotaba kuch sinashgan. Shulardan 27ta o‘yinda «ajdarlar»ning qo‘li baland kelgan. 1ta o‘yinda o‘zaro durang qayd etilgan. Ushbu tarixiy durang 1998 yil Qarshida qayd etilgan. 6 uchrashuvda «So‘g‘diyona» jamoasi g‘alaba qozongan. O‘zaro uchrashuvlarda 105 marta darvozalarga gol kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik jamoa tomonida – 76:29.

«So‘g‘diyona» futbolchilari so‘nggi marta 2008 yil 29 avgustda bo‘lib o‘tgan Jizzaxdagi uchrashuvda «Nasaf»ni mag‘lubiyatga uchratgan. Shundan keyingi o‘zaro bo‘lib o‘tgan 14 uchrashuvda ham jamoa ketma-ket g‘alaba qozonib kelmoqda.

O‘tgan yilgi o‘zaro uchrashuvlar natijasi

O‘zPFL 4-tur. 30.03.2017

«Nasaf» (Qarshi) - «So‘g‘diyona» (Jizzax) 4:0 (2:0) 4122 tomoshabin

G‘uzor sh., «G‘uzor» markaziy stadioni. 17:00da

Gollar: Dragan Cheran, 18’-1:0, 82’-3:0, Odiljon Hamrobekov, 22’-2:0, Bobir Abduholiqov, 89’-4:0.

O‘zPFL 19-tur

«So‘g‘diyona» (Jizzax) – «Nasaf» (Qarshi) 0:3 (0:2). 1502 tomoshabin

26.09.2017. «So‘g‘diyona» stadioni. 17:00da

Gollar: Igor Golban, 34’-0:1, Jasur Hasanov, 35’-0:2, Islom Kenjaboyev, 74’-0:3

Qarshida bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar Qarshida o‘zaro 17ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Bu uchrashuvlarda 1 marta «So‘g‘diyona» jamoasining, 15 marta «Nasaf»ning qo‘li baland kelgan. Qarshida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarning faqat bittasida golsiz durang qayd etilgan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 60ta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo‘yicha ustunlik jamoa tomonida - 45:15.

Ushbu jamoalar 1997 yilgi mavsumdan o‘zaro maydonga tushgan bo‘lsalarda, «Nasaf» safardagi ilk g‘alabasini 2000 yilgi mavsumda qo‘lga kiritgan. Bu uchrashuvda jamoa kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozongan, uchrashuvdagi golni Rustam Abdullayev kiritgan.

«So‘g‘diyona» jamoasi Qarshidan so‘nggi bor 2004 yili g‘alaba bilan qaytgan. Bu uchrashuv 2:3 hisobida jizzaxliklar foydasiga hal bo‘lgan. Qarshida qayd etilgan ilk va yagona durang 0:0 natija esa 1998 yili bo‘lgan.

O‘zaro qayd etilgan yirik hisoblar

Jamoa jizzaxliklarni eng yirik 4:0 hisobida mag‘lub etgan. «So‘g‘diyona» esa 3:2 yirik hisobidagi g‘alabaga erishgan.

O‘zaro o‘yinlarda «ajdarlar» olti marta yirik hisobda g‘alaba qozongan (3:0 – 2000, 2009, 2016 yil, 4:1 – 2004, 2009, 4:0 - 2017).

Yana bir qiziqarli fakt, ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlarda eng «yaxshi ko‘rgan» hisobi - 2:1 yoki 1:2dir. O‘zaro o‘tkazilgan 31 uchrashuvda bu hisob 9 marta takrorlangan.

O‘zaro uchrashuvlarda eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar

O‘zaro o‘yinlarda Zafar Xolmurodov jizzaxliklar darvozasini 8 marta nishonga olgan. Hanuzgacha hech bir futbolchimiz jizzaxliklar darvozasini shuncha ishg‘ol eta olmagan. Shuningdek, Baxtiyor Davlatov va ayni paytda jamoaga bosh murabbiylik qilayotgan Ro‘ziqul Berdiyev va jamoaning sobiq futbolchisi Bahodir Annamatovlar o‘zaro o‘yinlarda 3 martadan «So‘g‘diyona» darvozasini ishg‘ol qilgan.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

O‘zingizga ma’lum, «Nasaf» o‘tkazgan 8 uchrashuvida 14 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinda bormoqda. «So‘g‘diyona» jamoasi esa 8 uchrashuvdan keyin 5 ochko bilan turnir jadvalining 11-pog‘onasini egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoa 8-turda «AGMK» jamoasi bilan safarda durang qayd etdi.

«So‘g‘diyona» jamoasi ham o‘z maydonida «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynadi.

Jamoalar mana shunday ko‘rsatkichlar bilan, navbatdagi o‘zaro uchrashuvga yetib kelishdi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 21:48, 28.04.2018.
O'qildi: 2241 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.