Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Marko Simich: «Jamoa g‘alabasi eng muhim jihat»

Marko Simich: «Jamoa g‘alabasi eng muhim jihat»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Paxtakor"ning chernogoriyalik himoyachisi Marko Simich "Lokomotiv" bilan o‘yindan avval uchrashuv xususida fikrlarini bildirdi.

- Qiyin o‘yin bo‘lishini kutyapmiz. «Lokomotiv» oxirgi ikki bellashuvda zafar quchdi.

Ular o‘zlarini tiklab borishmoqda. Chempionlar ligasidagi o‘yinlar sababli bu jamoada muammolar yuzaga keldi.

Ayni paytda tig‘iz taqvim tufayli barchada tiklanish va keyingi uchrashuvlarga tayyorlanish borasida qiyinchiliklar paydo bo‘ldi.

Jamoalar bir xil vaziyatda deb aytsak xato bo‘lmaydi. Biz o‘z o‘yinimizni namoyish etishga intilamiz.

Raqibimiz o‘tgan yilgi chempion, ular chiroyli va hujumkor futbol ko‘rsatishga urinishadi. Kuchli jamoa ekanini ayta olaman. Yaxshi saviyadagi o‘yinchilar jamlangan.

Astalik bilan oldinga qadam tashlab bormoqdamiz. O‘tgan yilgi uchrashuvda bu jamoa darvozasini ishg‘ol qilgandim. Ayni paytda biz uchun eng muhimi jamoaviy g‘alaba.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 23:36, 28.04.2018.
O'qildi: 3496 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик