Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Boks. Osiyo chempionati sovrindorlari tantanali ravishda kutib olindi

Boks. Osiyo chempionati sovrindorlari tantanali ravishda kutib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, Tailandda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik yosh charm qo‘lqop ustalari 1ta oltin, 4ta kumush va 3ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Qit’a birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz kecha kechqurun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Marosimda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakat boks federasiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, Respublika olimpiya zaxiralari sport kollejida tahsil olayotgan yosh bokschilar hamda ommaviy axborot vositalari hodimlari ishtirok etishdi.

Musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz ro‘xatini yana bir marotaba e’tiboringizga havola etamiz:

Oltin:

-56kg: Abdumalik Xalakov

Kumush:

-52kg: Samandar Xolmurodov

-81kg: Timur Merjanov

-91kg: Javohir Tog‘aymurodov

+91kg: Jamshidbek Mahmadaliyev

Bronza:

-69kg: Jahongir Rahmonov

-75kg: Navo Tamazov.

Qizlar:

-60kg: Mahliyo Rahimova

Eslatib o‘tamiz, musobaqada oltin medal sohibiga aylangan Abdumalik Xalakov oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:31, 30.04.2018.
O'qildi: 3961 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик